Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda past narxlarni taklif etuvchi aviakompaniya tashkil etilishi mumkin
24.02.2017 11:18,  
1651

O‘rta muddatli istiqbol uchun O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida muhokama etilmoqda. Unda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mamlakatda turizmni rivojlantirishni qiyinlashtirayotgan va sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanishga to‘sqinlik qilayotgan asosiy sabablarni va ularni bartaraf etish choralarini keltirib o‘tgan.

Sayyohlarni xalqaro va ichki yo‘nalishlarda tashish uchun marketing tadqiqotlarini o‘tkazgan holda milliy aviatashuvchi raqobatbardoshligini ta’minlovchi charter reyslarni tashkil etish hamda charter reyslarini amalga oshirish uchun xorijiy aviatashuvchilarni jalb qilish rejalashtirilmoqda. 

Bundan tashqari, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK tomonidan dunyoning istalgan mamlakatiga sayohatchilarni tashish bo‘yicha charter reyslarini doimiy asosda yo‘lga qo‘yishni tashkil etish ko‘zlangan. Bu kabi parvozlar mamlakat ichkarisi va xorijiy mamlakatlarga ham talablar bo‘lganda optimal narx-navo asosida amalga oshiriladi. Bu amaliyot sayyohlarni tashish bo‘yicha xalqaro aviatsiya tashuvlarida keng qo‘llanilib, doimiy aviareyslarni amalga oshirish natijasidagi tijoriy xarajatlarni sezilarli tejash imkonini beradi. Shunga ko‘ra, 

– O‘zbekiston hududi bo‘ylab sayohat qilayotgan sayyohlar uchun tariflarni pasaytirish choralarini ishlab chiqish va joriy etish, xususan, avia hamda temir yo‘l tashuvlarini subsidiyalash;

– havo qatnovlari qoidalarini liberallashtirish imkoniyatlarini qayta ko‘rib chiqish va “Ochiq osmon” siyosatini joriy qilish yo‘li bilan yirik xalqaro aviatashuvchilarni keng jalb qilish;

– mavjud aeroportlarni rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish, O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tish punktlarini barpo qilish, vertolyot maydonlarini tashkil etish kabilar taklif etilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан