Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda Rossiyaning beshta yetakchi oliygohi filiali ochiladi
24.02.2018 15:16,  
6

O‘zbekistonda yaqin fursat ichida Rossiyaning beshta yetakchi oliy o‘quv yurti filiallari ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan hamkorlikda o‘tkazgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Komilovning so‘zlariga ko‘ra, madaniy-gumanitar soha ikki mamlakat hamkorligining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

"O‘zbekistonda yaqin fursat ichida "Moskva po‘lat va qotishmalar" milliy tadqiqot texnologiya universiteti, Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti, Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti, Moskva arxitektura universiteti, Rossiya texnologiya universiteti filiallarining ochilishi rejalashtirilgani ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi", — dedi O‘zbekiston TIV rahbari.

Abdulaziz Komilovning bildirishicha, bundan tashqari, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkentdagi filiali kengayishi ko‘zda tutilmoqda, bu yerda amaliy matematika va informatika, psixologiya mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura yo‘nalishlari joriy etiladi.

Avvalroq O‘zbekiston Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi vakillari Moskva po‘lat va qotishmalar instituti filiali 2018 yilda dastlabki talabalarni qabul qilishini bildirgandi. U Olmaliqdagi litseylardan biri negizida faoliyat olib boradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан