Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ozarbayjon Qorabog‘dagi armanlar pozitsiyasiga zarba yo‘lladi
8.07.2017 19:06,  
44

Ozarbayjon armiyasi to‘liq jangovar holatga keltirildi va Qorabog‘dagi arman pozitsiyalariga zarba yo‘llandi, deb xabar berdi Ozarbayjon Mudofaa vazirligi. Zarba natijasida dushmanning sezilarli kuchlari yo‘q qilinganligi, harbiy texnikasi ishdan chiqarilganligi va ayrim harbiy infrastruktura ob’yektlari yaroqsiz ahvolga keltirilganligi xabarda aytib o‘tilgan.

Baku rasmiylari arman tomoni “navbatdagi fitna” tayyorlayotganini ma’lum qildi. Mudofaa vazirligining xabar berishicha, tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasida o‘tgan kecha-kunduzda o‘t ochishni to‘xtatish rejimi 130 marta buzilgan.

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining Mudofaa vazirligi juma kuni ertalab qurolli to‘qnashuv sodir bo‘lganini tasdiqladi. Ularning ma’lumotiga ko‘ra, Qorabog‘ mudofaa armiyasining uch harbiy xizmatchisi ozarbayjonlar bilan otishma chog‘ida yaralangan. Bundan tashqari qorabog‘liklar Bakuni o‘qotar qurollar, minomyotlar va granatomyotlar qo‘llab o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzayotganlikda aybladi.

Armaniston Mudofaa vazirligi Qorabog‘ qurolli kuchlari harbiy tayyorgarligi oshirilganligini rad etdi va Ozarbayjon tarqatgan navbatdagi yolg‘on xabar, deb atadi.

Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining mudofaa armiyasi etnik armanlardan tashkil topgan bo‘lib, Armaniston qurolli kuchlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Armanlar qorabog‘liklarga qurol-yaroq bo‘yicha ko‘mak berib keladi.

4 iyul kuni Ozarbayjon arman harbiylarini Fuzuliy rayonidagi qishloqni o‘qqa tutishda ayblab chiqqan. Qishloq o‘qqa tutilishi oqibatida tinch fuqarolar, jumladan, ikki yashar Zahro ismli qizaloq halok bo‘lgan.

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi ziddiyat aholisining ko‘pchiligi armanlardan tashkil topgan Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyati Ozarbayjon tarkibidan chiqishini e’lon qilgan 1988 yildan beri davom etib keladi.

1994 yilda davlatlar o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatishga erishilgan. Biroq shundan beri Qorabog‘da qurolli to‘qnashuvlar tez-tez yuz berishi odatga aylangan.

O‘tgan yilning aprelida “to‘rt kunlik urush” deb ataluvchi jangda ikki tarafdan ikki yuzdan ziyod kishi halok bo‘lgan. “To‘rt kunlik urush” sulh bilan yakun topgan, biroq yil davomida bu hududda deyarli har kuni o‘q otiladi.

(Rasm REUTERS agetligiga qarashli)

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан