Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘iston ham lotin yozuviga o‘tadi
12.04.2017 14:04,  
5

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev lotin tilidagi qozoq alifbosi standartini 2017 yilning oxiriga qadar ishlab chiqishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda davlat rahbari “Mustaqil Qozog‘iston” gazetasida e’lon qilingan maqolada yozgan.

«Biz lotin yozuviga o‘tish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini boshlaymiz. Hukumat qozoq tilini lotin alifbosiga o‘tkazish grafigini tuzishi kerak», — deyiladi Nazarboyevning maqolasida.

«2017 yil oxirigacha olimlar va jamoatchilik vakillari bilan maslahatlashuvlardan keyin yangi qozoq alifbosining yagona standarti va lotin yozuvi grafikalari ishlab chiqilishi kerak», — deya qayd etdi davlat rahbari.

«2018 yildan yangi alifboni o‘qitish uchun mutaxassislar tayyorlansin va o‘rta maktab uchun darsliklar chiqarilsin. Yaqin ikki yilda tashkiliy va uslubiy ishlar olib borilishi kerak», — deya qo‘shimcha qildi u. Shu bilan birga, Nazarboyev dastlabki vaqtlarda lotin yozuvi bilan bir qatorda kirill yozuvi ham qo‘llanilishini ta’kidladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан