Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyaliklarning to‘rtdan uch qismi Putin siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi
25.03.2017 11:58,  
865

VSIOM ijtimoiy fikrni o‘rganish tashkiloti navbatdagi so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi, deya xabar bermoqda Russian Today telekanali.

Sotsiologik tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi VSIOM davlat tasarrufidagi tashkilot hisoblanadi. So‘rovnoma Kreml olib borayotgan hozirgi tashqi siyosatga aholining munosabatini o‘rganishni maqsad qilgan.

So‘rovnomada qatnashganlarning har to‘rttadan uch nafari hukumat olib borayotgan tashqi siyosatni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan. Ularning fikricha, Rossiya hukumati iqtisodiy sanksiyalar tufayli g‘arb bilan murosasizlik siyosatidan voz kechmasligi kerak. Mazkur fikrni qo‘llab-quvvatlaganlar sanksiyalar har ikki tarafga zarar yetkazayotgani va oxir-oqibat bekor qilinishiga ishonishlarini aytishgan.

Kreml siyosati tarafdorlari sanksiyalar olib tashlanishi uchun Rossiya kurashishi kerak emas, deb hisoblashadi. So‘rovnoma ishtirokchilarining 75 foizining fikricha, sanksiyalarni joriy qilganlar o‘zlari bekor qilishga majbur bo‘lishadi. 2015 yilgi so‘rovnomada 59 foiz qatnashchilar bu fikrni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, faqatgina 18 foiz rossiyaliklar sanksiyalar mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazdi va ularni bekor qilish uchun Putin choralar ko‘rishi kerak, deb hisoblaydi. Bu ko‘rsatkich 2015 yilda 33 foizni tashkil qilgan edi.

Bundan tashqari, so‘rovnoma ishtirokchilarining 59 foizi mavjud tashqi siyosat, jumladan, Ukrainaga nisbatan olib borilayotgan siyosatni davom ettirish uchun iqtisodiy qiyinchiliklarga sabr qilishga tayyorligini ma’lum qilgan. 34 foiz aholining fikricha, amaldagi siyosatning to‘lovi Rossiya uchun juda qimmatga tushadi.

Rossiya hukumati iqtisodiy sanksiyalar masalasida o‘zgarish bo‘lmasligini ma’lum qilgan. Putin ma’muriyati sanksiyalar qo‘llash siyosatini davom ettirishni istamoqda. Rossiyaga qarshi g‘arb davlatlarining iqtisodiy sanksiyalari 2014 yilda Qrimning Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishi ortidan joriy qilingan edi. AQShning yangi hukumati mavjud sanksiyalar o‘z kuchida qolishini ma’lum qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан