Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sharqiy Yevropadagi eng kuchli va beshafqat maxfiy xizmat tomonidan Vladimir Putinga berilgan guvohnoma topildi
12.12.2018 12:41,  
335

Germaniyaning sobiq GDR xavfsizlik xizmati - Shtazi arxivlari bilan ishlash komissiyasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Shtazi tomonidan berilgan maxfiy guvohnoma topilganini bildirdi. Bu haqda Bild gazetasi ma’lum qildi. Nashr guvohnoma suratini ham chop etgan.

Nashrning bildirishicha, Shtazi guvohnomasi Putinga 1985 yilning 31 dekabrida berilgan va to‘rt yil mobaynida har chorakda yaroqlilik muddati cho‘zib borilgan. Mazkur guvohnoma bilan Putinga Shtazi binosiga to‘sqinliklarsiz kirish huquqi berilgan. Hujjatda mayor Putinning shaxsiy imzosi ham mavjud.

Nashr Shtazi ishlari bo‘yicha Germaniya federal komissari Vladimir Putin GDR maxfiy xizmati bilan aloqada bo‘lganini bilmagani to‘g‘risida yozdi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov guvohnoma haqiqiy bo‘lishi ehtimoldan uzoq emasligini aytdi. Unga ko‘ra, Sovet davrida KGB va Shtazi o‘zaro hamkorlik qilgan.

Vladimir Putin KGB xodimi sifatida 1985 yildan 1990 yilgacha Germaniyaning Drezden shahrida ishlagan.

1989 yilda Putin “GDR Milliy xalq armiyasi oldidagi xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan edi.

1950 yilda tashkil etilgan Shtazi Sharqiy Yevropadagi eng kuchli va beshafqat maxfiy xizmat bo‘lgan. Shtazining bir necha o‘n ming xodimi va GDR aholisi orasida 200 ming nafar ayg‘oqchisi bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан