Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






3 nafar bokschimiz Xalqaro boks federatsiyasi reytingidan joy oldi
6.07.2020 13:33,  
327

Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) professional boksda faoliyatini olib borayotgan charm qo‘lqop ustalarining yangilangan reytingini e’lon qildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu reytingdan o‘zbekistonlik uch nafar bokschi o‘rin olgandi. Yangilangan reytingda ikkinchi yengil vazn toifasida (-55,3 kilogramm) Murodjon Ahmadaliyev birinchi o‘rinda qayd etilgan. M.Ahmadaliyev, shuningdek, WBA yo‘nalishi chempioni hisoblanadi.

Birinchi yarim o‘rta vazn toifasida (-63,5 kilogramm) Shoxjahon Ergashev oltinchi o‘rinni band etgan. Ushbu vazn toifasida reytingni jahon chempioni Josh Teylor boshqarib turibdi.

Yarim o‘rta vazn (-66,6 kilogramm) toifasida Qudratillo Abduqahhorov 1-pog‘onani saqlab qoldi. U mazkur vazn toifasida chempionlik kamari uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. Ayni paytda IBF kamari Errol Spensga tegishli.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан