Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






3 ta hududda suv tejovchi texnologiya uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar quriladi
17.09.2020 11:11,  
171

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 sentyabr kuni suv xo‘jaligida tejamkor texnologiyalarni joriy etish va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Suv tejovchi texnologiyalar qamrovi kengayishi bilan ularni ishlab chiqarishga ham talab oshadi. Biroq, yurtimizda shunga ixtisoslashgan 13 ta korxonaning quvvati kelgusi yil ehtiyojining yarmini qoplashga ham yetmaydi. Shu bois mutasaddilarga Samarqand, Toshkent va Namangan viloyatlarida suv tejovchi texnologiyalar uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Sohadagi yana bir innovatsiya – klasterlar 3 ming gektardan ziyod ekin maydonini lazer yordamida tekislash orqali suv sarfini 20-25 foiz, o‘g‘itni 15 foiz tejashga, hosildorlikni kamida 10 foizga oshirishga erishgan. Davlatimiz rahbari bu tajribani keng qo‘llab, paxta, g‘alla va sholi maydonlarini lazer yordamida tekislash muhimligini ta’kidladi. Moliya vazirligiga ushbu texnologiyani joriy qilishga Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan kamida 250 milliard so‘m kredit ajratish topshirildi.

Joriy yilda Quyichirchiq, Narpay, Bulung‘ur, Sardoba, Nishon, Kasbi tumanlarida suv xo‘jaligi ob’yektlari xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga berilib, namunaviy loyiha amalga oshirilmoqda. Bu orqali mazkur inshootlar modernizatsiya qilinib, ekspluatatsiya xarajatlari anchayin qisqaradi. Yig‘ilishda bunday loyihalarni boshqa hududlarda ham joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Suv isrofiga sabab bo‘layotgan muammolardan yana biri shuki, bugungi kunda 3 mingdan ziyod suv o‘lchash postlarining atigi 2 foizi, 400 ta yirik suv ob’yektining 2,5 foizida boshqarish tizimi avtomatlashgan, xolos. Shu bois Suv xo‘jaligi vazirligiga yil yakunigacha 150 ta, kelgusi yildan barcha o‘lchash postlarida suvni onlayn rejimda nazorat qiluvchi avtomatlashgan tizim joriy etish vazifasi yuklatildi.

Ma’lumki, bu yildan qishloq xo‘jaligi korxonalariga suv solig‘i bo‘yicha berilgan imtiyozlar bekor qilindi. Shu bilan birga, suvdan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foizga pasaytirildi. Prezident ushbu kamaytirilgan stavkani kelgusi yilda ham saqlab qolish zarurligini ta’kidladi.

Sug‘orish me’yorlarini hisoblash metodikasini BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) talablariga moslashtirish, suv hisoblagichlar o‘rnatgan iste’molchilarni rag‘batlantirish yuzasidan vazifalar belgilandi.

«O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasiga kollektor suvlarida baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha topshiriq berildi. Namangan tajribasi asosida gidrogeologik qidiruvlarni kengaytirib, yerosti suvlaridan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilishda suv xo‘jaligi sohasida fan va ta’limni rivojlantirish masalasiga alohida ahamiyat qaratildi. Irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini barpo etish hamda rekonstruksiya qilish ishlariga ilmiy xodimlarni biriktirish muhimligi ta’kidlandi. Bu orqali fan namoyandalari ob’yektlarning loyihaoldi hujjatlarini tayyorlashdan ularni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan jarayonlarda qatnashib, qurilish ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatib boradi. Fan va amaliyot uyg‘unligi ta’minlanib, kelgusidagi loyihalar puxta ishlab chiqilishida qo‘l keladi.

Videoselektor yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari, viloyat va tuman hokimlari axborot berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан