Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Afg‘onistonda 1200 dollarlik elektrokarlar yig‘ilmoqda (foto)
3.09.2020 18:57,  
1597

Amin Noor kompaniyasi Afg‘onistonda avtomobil sanoatining birinchi ishtirokchisiga aylandi. Kompaniya 11 turdagi yo‘lovchi va yuk mashinalarini ishlab chiqaradi. Bugungi kunga kelib 200 ga yaqin avtomobil o‘z mijozini topishga ulgurdi. Mashinalarning e’tiborli jihati ularning narxidadir. Har bir mashina $1200-dan $2500-gacha baholangan.

Barcha transport vositalari zavodning o‘zida ishlab chiqarilmoqda, ammo tarkibiy qismlarning katta qismi Xitoydan olib kelinadi.

UzAuto Motors avtomobillar narxini pasaytirish imkonsiz ekanligini ma’lum qildi

Kompaniya rahbari Ahmad Ziyoning aytishicha, oxirgi uch yil ichida lokalizatsiya darajasi 80% ga yetdi. Keyingi 5-10 yil ichida ushbu raqamni 100% ga yetkazish reja qilingan.

Afg‘oniston Iqtisodiyot vaziri Mustafo Mansurning so‘zlariga ko‘ra, Amin Noor kompaniyasi tomonidan yaratilayotgan mashinalarga mamlakat ichidagi talab juda yuqori.

"Avvalambor bu ekologik xavfsiz mashinalardir, chunki ular quvvatlangan batareyalarda ishlaydi. Yana bir jihat, ularning narxidir. Iste’molchilar ularni bemalol sotib olishi mumkin, chunki mashinalar arzon“, - dedi vazir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан