Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh Markaziy Osiyoda Rossiya tashviqotiga qarshi moliyaviy yordam ajratadi
11.02.2020 10:54,  
856

AQSh Davlat Departamenti va AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (U.S. Agency for International Development – USAID) 2021 moliyaviy yil uchun byudjet xarajatlari dasturini e’lon qildi. Unda 2021 yil uchun Davlat Departamenti va AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi davlat g‘aznasidan jami 41 milliard dollar so‘rayotgani, bu mablag‘ AQSh fuqarolarini mamlakat tashqarisida himoya qilish, Amerika farovonligini ta’minlash va demokratik jamiyatlar rivojiga ko‘maklashish uchun zarurligi qayd etilgan. 

Dasturda aytilishicha, dunyoda AQShga raqobatchi davlatlar o‘sib borayotgan sharoitda Hind-Tinch okeani mintaqasi davlatlarini qo‘llab-quvvatlash; Xitoy, Rossiya va Eronning zararli ta’siriga qarshi turish; inson huquqlari va diniy erkinlikni himoya qilish; AQSh chegaralari xavfsizligini ta’minlash va Amerikaning ittifoqchilariga yordam berish milliy xavfsizlikni va iqtisodiy hamkorlarni kuchliroq qiladi. 

Davlat Departamenti dasturiga ko‘ra, Yevropa, Yevrosiyo va Markaziy Osiyoda Rossiyaning dezinformatsiyasi va tashviqotiga qarshi turish, uning zararli ta’siridan himoyalanish uchun 763,8 million dollar miqdorida xorijiy yordam va 24 million dollar miqdorida aniq maqsadlarda moliyalash (turli axborot nashrlari qo‘llab-quvvatlash tarzida ko‘mak berish) ko‘zda tutilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 2-3 fevral kunlari O‘zbekistonda bo‘lgan AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo Markaziy Osiyo davlatlari haqida “...Ular Xitoy va Rossiya ta’siri bor mintaqada joylashgan. Biz ular bajarishini xohlayotgan, Amerika bu yerda qilayotgan ish ularning to‘g‘ri qarorlar qabul qilish qobiliyatini, qonunlar asosida shaffof boshqaruvga erishishini qo‘llab-quvvatlashdir”, degandi

Rossiyaning Markaziy Osiyo axborot makoniga faol ta’sir qilishi, rasmiy Kreml qo‘llab-quvvatlaydigan “trollar fabrikasi” ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya siyosatini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanishi haqida 2014 yilda Ukrainada kelib chiqqan mojarolardan beri aytib kelinadi. Hatto 2019 yil yanvarida qarorgohi AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan Facebook ijtimoiy tarmog‘i O‘zbekistonda ochilgani da’vo qilingan ko‘plab soxta sahifa (page) va hisoblarni (account) o‘chirib tashlagan, kompaniya o‘z qarorini “ushbu sahifa va hisoblar Rossiya tashviqoti uchun ishlaydi”, deb izohlagan edi.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан