Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh razvedkasi Rossiyaning Tolibonni mukofotlagani haqidagi ma’lumotni soxta deb topdi — Tramp
29.06.2020 12:19,  
173

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh razvedkasi Rossiyaning Afg‘onistonda AQSh harbiylarini o‘ldirgani uchun Tolibon tarafdorlariga mukofot taqdim etayotgani to‘g‘risida ishonchli ma’lumot topa olmaganini ma’lum qildi. Avvalroq The New York Times (NYT) gazetasi Rossiyaning Tolibon bilan til biriktirganligi haqida yozgan edi.

"Razvedka shunchaki ular bu ma’lumotni ishonchli deb bilmasliklarini va shu sababli menga yoki vitse-prezident Mayk Pensga xabar bermaganliklari haqida ma’lum qilishdi. Ehtimol, bu "The New York Times" soxta yangiliklar gazetasi tomonidan respublikachilarni nohaq fosh qilish uchun uyushtirgan Rossiya mavzusidagi yana bir uydirma gap!", - deyiladi Trampning Twitter sahifasidagi postida.

Rossiya AQSh harbiylarini o‘ldirishda Tolibonga homiylik qilgani haqida shunga o‘xshash material 29 iyunga o‘tar kechasi Washington Post gazetasida e’lon qilindi. Gazetaga ko‘ra, bunday kelishuv natijasida AQShning bir necha harbiysi halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, NYT AQSh razvedka idoralari tomonidan o‘tkazilgan tergov natijalariga asoslangan holda Rossiya va Tolibon o‘rtasidagi fitna haqida yozgan edi. Janob Tramp NYT postini soxta deb atadi. Rossiya TIV ham nashr xabarini soxta deb atadi. Tolibon ham keyinroq bu ma’lumotni rasman rad etdi. Demokratlardan bo‘lajak prezidentlik saylovlarida amaldagi prezidentning raqibi Jo Baydenning aytishicha, agar Rossiya razvedkasining Tolibon bilan aloqalari haqidagi maqola haqiqat bo‘lsa, Donald Tramp buni bilgan holda AQSh harbiylariga xiyonat qildi.

 

«Rossiya amerikalik harbiylar o‘ldirilgani uchun Tolibonni mukofotlangan»

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан