Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ba’zi ob’yektlar Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘riqlanadigan bo‘ldi
11.07.2019 13:27,  
35

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlar qo‘riqlash xizmati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya organlariga o‘tganligi bois ba’zi ob’yektlarni qo‘riqlashga Milliy gvardiya organlari mas’ul ekanligini nazarda tutadi.

Xususan, alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganlarni majburiy davolashga ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalarini, diplomatik vakolatxonalarni qo‘riqlash shular jumlasidandir.

Shuningdek, ov va sportga mo‘ljallangan o‘qotar qurolni hamda uning o‘q-dorilarini, shuningdek tig‘li qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish faoliyati endilikda Milliy gvardiya organlari tomonidan litsenziyalanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан