Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Belaruscha ssenariy» — Bishkekda saylov natijalaridan norozi xalq namoyish uyushtirmoqda
5.10.2020 21:06,  
474

4 oktyabr, yakshanba kuni Qirg‘izistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. 

Bugun esa mamlakat poytaxti Bishkek shahrida saylovlar natijalariga qarshi namoyishchilar mamlakat prezidentining devoni joylashgan parlament binosiga bostirib kira boshladilar. Politsiya va OMON namoyishchilarni tarqata boshladi. Qalqon va tayoq bilan jihozlangan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari shahar markaziy maydonidan olomonni orqaga surib, suv purkagichlar, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va shovqinli granatalardan foydalanmoqda, deb yozadi RIA Novosti. Namoyishchilar eng yaqin ko‘chalarni axlat qutilari bilan to‘sib qo‘yishmoqda va ularni yoqib yuborishyapti, shuningdek yo‘lak toshlarini (bruschatka) sindirishyapti.

 

Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligining 24.kg nashriga aytishicha, qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q va Bishkek shoshilinch tibbiy yordam markaziga maydondan qo‘ng‘iroqlar kelmagan. Shu bilan birga guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, namoyishchilarni tarqatish paytida yaradorlar bo‘lganlar va jarohatlanganlar bor. 

 

Norozilik namoyishlarida Parlamentda o‘rin ololmagan 11 partiyaning tarafdorlari ishtirok etishdi. Ular saylov natijalarini bekor qilishni va qayta ovoz berishni talab qilmoqdalar. Umuman olganda, ommaviy axborot vositalarining hisob-kitoblariga ko‘ra, shahar markazida 3 mingga yaqin odam yig‘ilgan.

 

Saylovning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra "Birimdik" partiyasi 24,5%, "Mekenim Kirgizstan" partiyasi 23,8% ovoz to‘plagan. Parlament ostonasini yengib o‘tgan yana ikki partiya - "Kirgizstan" va "Butun Kirgizstan" mos ravishda 8,7% va 7,1% ovoz oldi. Saylovda jami 16 ta partiya ishtirok etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан