Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Birinchi chorakda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 10 %ga qisqardi
22.04.2020 12:46,  
125

2020 yilning birinchi choragida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8 140,4 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 924,1 mln. AQSh dollariga yoki 10,2 %ga kamaydi.

Buning asosiy Covid-19 pandemiyasi fonida xalqaro integratsiyaning kamayishi hamda davlat chegaralarining yopilishi hisoblanadi.

TSA da eksport hajmi 3 374,7 mln. AQSh dollariga (10,9 % ga kamaydi) va import hajmi 4 765,7 mln. AQSh dollariga (9,7 % ga kamaydi) yetdi. Hisobot davrida - 1 390,9 mln. AQSh dollari qiymatida salbiy tashqi savdo balansi qayd etildi.

O‘zbekiston, jahonning 150 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSA ning nisbatan salmoqli hissasi Rossiya Federatsiyasida (16,9 %), Xitoy Xalq Respublikasida (16,8 %), Qozogistonda (8,3 %), Koreya Respublikasida (6,7 %), Turkiyada (5,8 %), Qirg‘iz Respublikasida (2,3 %) va Germaniya (2,1 %) qayd etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан