Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlariga mas’ul etib biriktirildi
19.09.2020 12:54,  
103

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18 sentyabr kuni ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish avvalida davlat rahbari koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib o‘tdi hamda birinchi navbatda tibbiyot xodimlari va maktab o‘qituvchilarini, 65 yoshdan oshgan keksalarni grippga qarshi emlash zarurligiga e’tibor qaratildi.

Ma’lum qilinishicha, ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimidagi loyihalarni tayyorlash, amalga oshirish va monitoring qilish, shuningdek, tariflarni belgilashni mahalliy kengashlar bilan kelishish tartibi joriy qilinmoqda.

Yig‘ilishda mamlakat bo‘ylab 27 ta tumanda ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari tanqid qilindi. Mavjud 70 ming kilometr suv quvurlarining 32 foizi eskirgan. Oqibatda ulardagi yo‘qotishlar darajasi 40-50 foizni tashkil etmoqda. Bu yiliga qariyb 500 million kub metr suv yoki o‘rtacha 300 milliard so‘m degani. Bundan tashqari, joylardagi nasos uskunalari va maxsus texnikalar ham ta’mirtalab bo‘lib qolgan.

Shuningdek, videoselektor yig‘ilishida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash masalasi ham muhokama qilindi.

Bu yil qish sovuq kelib, havo harorati oldingi yillarga nisbatan 2-5 daraja past bo‘lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasiga tuman va shaharlardagi haqiqiy holatdan kelib chiqib, kuz-qishga tayyorgarlik yuzasidan Toshkent shahrining 12 ta tumani, Qoraqalpog‘iston va har bir viloyat bo‘yicha alohida-alohida qaror qabul qilish topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Toshkent shahri tumanlariga, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari viloyatlarga shu masalalar bo‘yicha mas’ul etib biriktirildi. Tayyorgarlik ishlarini, eng avvalo, bu borada ahvol og‘ir bo‘lgan 56 ta tuman va shahardan boshlash kerakligi ta’kidlandi.

1 noyabrga qadar 3 mingdan ziyod ta’mirga muhtoj ko‘p qavatli uyni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, 131 ta ijtimoiy soha ob’yektini mukammal va 3 mingtasini joriy ta’mirlash vazifasi qo‘yildi. Tibbiyot va ta’lim muassasalarining tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi.

Bu yil kuz-qish mavsumi uchun 6 million tonna ko‘mir mahsulotlari zarurligi qayd etilib, ularni g‘amlash va yetkazib berish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Ko‘mir arzon bo‘lishi uchun uni import qiluvchi tadbirkorlarga temir yo‘lda tashish bo‘yicha chegirma berish muhimligi ta’kidlandi.

Bosh prokuraturaga ko‘mir narxini asossiz oshirib yuborish, tamagirlik va talon-toroj holatlarining oldini olish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

«Hududgazta’minot» aksiyadorlik jamiyatiga tabiiy gaz tanqis hududlarga 385 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish vazifasi qo‘yildi.

Joriy mavsumda elektr energiyasiga talab o‘tgan yilgiga nisbatan 7,5 foiz ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. Bu soha barqaror ishlashi uchun issiqlik elektr stansiyalarini tabiiy gaz va mazut bilan ta’minlash, elektr tarmoqlari, podstansiya va transformatorlarni ta’mirlash muhimligi ta’kidlandi.

Videoselektor yig‘ilishida hukumat a’zolari, tegishli tarmoq va hududlar rahbarlari axborot berdi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан