Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun O‘zbekiston va Tojikiston futbolchilari «Rahmat!» yozuvi tushirilgan futbolkada maydonga tushadi
3.09.2020 14:59,  
370

Bugun Toshkentning «Lokomotiv» stadionida O‘zbekiston va Tojikiston milliy terma jamoalarining o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

O‘yindan oldin futbolchilar koronavirusga qarshi kurashayotgan barcha shifokorlarga minnatdorlik bildirish maqsadida maxsus dizaynda ishlangan hamda «Rahmat!» yozuvi (o‘zbek va tojik tilida) tushirilgan futbolkada chiqishi rejalashtirilgan.

Mazkur tadbir «Yuksalish» umummilliy harakati tomonidan e’lon qilingan «Shifokorlarga rahmat!» fleshmob-aksiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Aksiyani O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi qo‘llab-quvvatladi.

Bu bilan sportchilar ayni vaqtda koronavirus infeksiyasi (COVID-19)ga qarshi kurashda old saflarda turib «jang qilayotgan» va har kuni haqiqiy qahramonlar kabi jasorat ko‘rsatib, bemorlar hayotini saqlab qolayotgan tibbiyot xodimlariga cheksiz hurmat va ehtirom izhor qilishni maqsad qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан