Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun Toshkent shahrida ikkita ko‘rgazma ish boshlaydi
1.11.2019 10:05,  
91

Birinchi noyabr kuni birdaniga ikkita ko‘rgazma ish boshlaydi, ikkisi ham 18:30da ochiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Autograph galereyasida Evelina Grigoryansning “Har lahzadan nafas ol” nomli, ZERO LINE galereyasida esa Dilyara Kaipovaning “Janubning Shimoliy yog‘dusi” mavzusidagi ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.

Evelina Grigoryans – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Dastgohli rangtasvir” bo‘limini tugatgan. P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejining “Teatr butaforiyasi” kafedrasida dars beradi. O‘zbekiston badiiy akademiyasi yoshlar bo‘limining a’zosi. Rassom yurtimizda tashkil etilgan qator ko‘rgazmalarda ishtirok etgan.

Evelina Grigoryansning ko‘rgazmasi 1 -3 noyabr kunlari Rus drama teatrining o‘ng tomonida joylashgan Autograph galereyasida bo‘lib o‘tadi .

Ish tartibi: 9:00dan 22:00gacha (dam olish kunlarisiz).

Ma’lumot uchun telefon: +998 71 203 00 33.

Dilyara Kaipova dastgohli grafiga bilan shug‘ullangan, Toshkentdagi teatrlarda dekoratsiyachi rassom, sahnalashtiruvchi rassom va teatr qo‘g‘irchoqlarini tayyorlash bo‘yicha usta bo‘lib ishlagan. So‘nggi yillarda o‘zbek an’anaviy to‘qimachiligi asoslangan loyihalarni amalga oshirib, buyum va naqshlarning an’anaviy texnologiyalarini pop madaniyatning mashhur unsur va timsollari bilan uyg‘unlashtirib kelmoqda.

Dilyara Kaipovaning ko‘rgazmasi 29 noyabrgacha davom etadi. ZERO LINE galereyasi H.Olimjon maydoning g‘arbiy tarafida joylashgan.

Ish tartibi: 10:00dan 22:00 gacha (dushanbadan tashqari).

Ma’lumot uchun telefon: 998 71 237 54 55

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан