Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda o‘z o‘g‘li tomonidan kamsitilib, tazyiq va ruhiy zo‘ravonlikka uchragan onaga «Himoya orderi» berildi
18.09.2020 09:57,  
1067

IIV axborot xizmatining xabar berishicha, Buxoroda tazyiqlarga uchragan ona o‘z o‘g‘lidan himoya qilingan. "Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha guruh mas’ul xodimlari tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Buxoro shahrining «Piridastgir» ko‘chasida yashovchi, 1957 yilda tug‘ilgan X.S. va uning o‘g‘li Buxoro tumani «Oybek» MFYda yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan B.A. lar o‘rtasidagi oilaviy kelishmovchiliklar muhokama qilinib sabablari o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida fuqaro B.A. o‘z onasini qo‘rqitib, uni kamsitib, tazyiq va ruhiy zo‘ravonlik qilib kelayotganligi aniqlandi. Shu sababli X.S.ga bir oy muddatga «Himoya orderi» rasmiylashtirib berilib, mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi mas’ullaridan murabbiy biriktirildi.

Tomonlarga himoya orderining talablari, uni buzganda kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar batafsil tushuntirilib, onaxonning o‘g‘li B.A. ogohlantirildi" - deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан