Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Byudjet hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlandi
16.08.2019 17:28,  
41

Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur Ro‘yxatda belgilangan kasalliklarga chalingan hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan yo‘llanma olgan shaxslarga byudjet mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

Ro‘yxat bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun yo‘llanma olish uchun mijoz yashash joyi bo‘yicha qishloq vrachlik punktlariga, qishloq va shahar oilaviy poliklinikalariga murojaat qiladi.

Imtiyozli toifaga kiradigan yo‘llanma berilgan mijozlarga bepul tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiy-tanlov komissiyasining xulosasi asosida beriladigan order rasmiylashtiriladi.

Zarurat bo‘lganda Sog‘liqni saqlash vazirligi va hududiy sog‘liqni saqlash boshqaruv organlari mijozlarning imtiyozli toifasini bepul tibbiy yordam olish uchun o‘zining idoraviy mansub tibbiyot muassasalariga yo‘naltirishi mumkin. Imtiyozli toifaga kiradigan mijozlarni shifoxonaga yotqizish maqsadga muvofiqligi haqidagi qaror tibbiyot tashkilotining tibbiy-tanlov komissiyasi tomonidan aniqlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан