Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chimkent aholisiga qoraqurtlar hujum qilmoqda
30.07.2019 15:39,  
109

Qozog‘istonning Chimkent shahri aholisiga qoraqurt o‘rgimchaklari hujum qilmoqda, deb yozadi Zakon.kz nashri.

Giperbolik oksigenatsiya markazi xabariga ko‘ra, bugunga qadar Chimkentda 23 kishi qoraqurt chaqishidan shikoyat qilib shifoxonalarga murojaat qilgan.

“Bizga asosan tunda murojaat qilishadi, chunki qoraqurtlar tungi soat 2dan keyin chaqishni boshlaydi. O‘rgimchaklar ko‘chada uxlayotgan odamlar to‘shagiga kirib oladi”, - deydi Toksikologiya bo‘limi boshlig‘i Asilxan Minbosinov.

Shifokor aytishiga qaraganda, qoraqurt asosan erkaklarni chaqar ekan. Hashorat chaqishi darhol seziladi, lekin uning zahrining asosiy ta’siri bir 10 daqiqalardan keyin seziladi: dastlab bo‘inlarda og‘riq paydo bo‘ladi, keyin ko‘krak qafasi siqiladi va havo yetishmay qoladi, - deydi shifokor.

Jabrlanganlardan biri aytishiga qaraganda uni tungi  qorovullik vaqtida oyog‘ida og‘riq sezgan. Shundan so‘ng u qoraqurtni ko‘rib, uni o‘ldirgan. Bir necha daqiqalardan so‘ng o‘zini yomon his qila boshlagan, oyoqlarini sezmay qolgan va nafas olishi og‘irlashgan. Tez yordam uni shifoxonaga olib kelgan.

Shifokorlar aytishiga qaraganda, avgust oyining oxirida qoraqurtlar yana faollashishi mumkin. Ochiq osmon ostida uxlaganda qoraqurt chaqmasligi uchun, to‘shak yaqinida qo‘y terisini qo‘yish kerak ekan. Uning hidi qoraqurtlarni qochirar ekan. Lekin ushbu vaqtda xavfsizlik maqsadida uyda uxlagan ma’qul deydi shifokor.

Ma’lumot uchun – qoraqurt yoki “qora beva” o‘rgimchagi asosan Markaziy Osiyo cho‘llarida, O‘rta-yer dengizi va Shimoliy Afrikada  uchraydi. Ko‘rinishidan qop-qora o‘rgimchakka o‘xshaydi, qorin qismida qizil dog‘lari bo‘ladi. Har 12 yoki 25 yilda ommaviy ko‘payish holatlari uchraydi. Qoraqurt chaqishidan uy hayvonlariga juda katta zarar keltirishi mumkin.   

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан