Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Chiroyli" avtoraqamlar savdosi keskin oshib ketdi
23.06.2020 17:49,  
443

Joriy yilning 8-21 iyun kunlarida avtoraqam.uzex.uz vebsaytida jami 12,9 mlrd so‘mlik 4,3 mingta avtoraqamlar sotildi va bu yuqoridagi qaror qabul qilinishidan avvalgi mos davrga nisbatan 43% ga ko‘pdir. Bu haqda "O‘zRTXB" AJ matbuot xizmati xabar qiladi.

"Bunda, sotilgan avtoraqamlarning soni bo‘yicha o‘sish 2,5 barobarni, xaridorlarining soni bo‘yicha – 3,3 marotabani tashkil qildi. O‘tkazilgan auksionlar mobaynida bitta lotga o‘rtacha 41 ta takliflar kelib tushdi, o‘sish – 23,4% ni tashkil qildi", deyiladi xabarda.

Avtoraqamlar bo‘yicha savdolarning faollashuvi birjaning onlayn-auksioni orqali sotiladigan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari (RO‘DRB) toifalarining kengayishi, shuningdek, ba’zilarining boshlang‘ich narxlarining pasayishi bilan bog‘liqdir.

Xususan, Toshkentda harflar kombinatsiyasi bir xil bo‘lgan avtoraqamlarning boshlang‘ich qiymati 50 BHMdan (bazaviy hisoblash miqdori) 40 BHMgacha, va mos ravishda har xil kombinatsiyali avtoraqamalarning narxi 40 BHMdan 30 BHMgacha pasaytirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан