Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 11 millionga yetdi
4.07.2020 10:13,  
146

4 iyul, shanba kuni butun dunyoda yangi turdagi koronavirusga chalinish holatlari soni 11 millionga yetdi. Koronavirusga doir statistikani real vaqt rejimida yuritadigan Jon Xopkins univeristeti ma’lumotlari bundan darak bermoqda.

Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda 11 031 905 kishi koronavirusga chalingan, ulardan 523 777 nafari allaqachon vafot etdi.

Eng ko‘p koronavirusga chalinish holatlari AQSh (2,7 mln.), Braziliya (1,5 mln.dan ortiq) hamda Rossiya (667 ming) da aniqlangan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Janubiy yarim shardan boshlab butun dunyoda koronavirusning ikkinchi to‘lqinini tarqala boshlaganini ma’lum qildi.

Avvalroq mutaxassislar COVID-19 ning ikkinchi to‘lqini kuzda qaytalanishi haqida prognoz qilgan edi. Biroq raqamlar ushbu prognozning avvalroq kelayotganini ko‘rsatmoqda.

Shu bilan birga, virus tarqalish tezligi ham ortib bormoqda. Dunyoda koronavirus yuqtirish holatlarining yana bir millionga ko‘payishi uchun atigi 5 kun vaqt kerak bo‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан