Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






YeI Savdo komissari karantin qoidalarini buzganligi sababli ishdan bo‘shatildi
27.08.2020 17:28,  
50

Yevropa Ittifoqi Savdo komissari Fil Xogan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun kiritilgan qoidalarni buzganligi sababli iste’foga chiqdi. Iste’foga chiqish xati The Irish Times nashri tomonidan chop etilgan.

Xogan avvalroq Irlandiya g‘arbida joylashgan golf klubi tomonidan uyushtirilgan kechki ovqatda qatnashgan edi. Tadbirda siyosatchi bilan birga 80 dan ortiq mehmonlar ishtirok etdi. O‘shanda Irlandiyada ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlangan edi. 

Xogan o‘z bayonotida uning Irlandiyaga yaqinda qilgan tashrifi haqidagi tortishuvlar uni ishidan chalg‘itishi va kelgusi oylardagi faoliyatiga putur yetkazishini ta’kidladi.

«Men Irlandiyaga qilgan sayohatimdan juda afsusdaman ... juda ko‘p tashvish, xavotir va umidsizlikni keltirib chiqardi. Men har doim Irlandiyada COVID-19 tufayli qo‘yilgan barcha cheklovlarni bajarishga harakat qildim va sog‘liqni saqlash tizimining barcha tavsiyalariga amal qilganimni tushunib yetdim, ayniqsa COVID-19 uchun topshirgan testim natijasi salbiy chiqqanidan keyin», - dedi Xogan.

Shuningdek, u Irlandiya xalqidan tashrif davomida qilgan xatolari uchun uzr so‘radi. Xogan koronavirus pandemiyasi davrida jamiyat va jahon iqtisodiyoti duch kelgan muammolarni to‘liq tushunganib yetganiga ishontirdi.

«Men COVID-19'ning shaxslar va oilalarga yetkazgan zararli ta’sirini tushunaman va ularning davlat xizmatida bo‘lganlar kutilgan vaqtda standartlarga mos kelmaydi deb o‘ylashlarida ularning norozilik va g‘azab tuyg‘ularini to‘liq tushunaman. Shuni ta’kidlash kerakki, men hech qanday qonunlarni buzmaganman», - dedi Xogan. Shuningdek, u jamoat vakili sifatida koronavirus bilan bog‘liq tavsiyalarni qat’iyroq bajarishi kerakligini tan oldi.

Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Xoganning qarorini hurmat qilishini va uning ishi uchun minnatdorligini bildirdi.

Golf klubidagi kechki ovqatda Xogandan tashqari boshqa siyosatchilar ham bo‘lgan. Avvalroq, Irlandiya qishloq xo‘jaligi vaziri Dara Kalleari va senator Jerri Battimer koronavirus cheklovlarini buzganligi sababli ishdan bo‘shatilgan edi.

 

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov va uning mehmonlari tug‘ilgan kun marosimida niqobsiz ko‘rindi (video)

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан