Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Erdo‘g‘an xalqiga murojaat qilishi ortidan Turkiyada yangi taqiqlar kuchga kirdi
4.04.2020 00:22,  
11834

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 3 aprel kuni koronavirus bo‘yicha xalqiga murojaat bilan chiqdi va Turkiya hududida yangi taqiqilar kuchga kirganini e’lon qildi.

Kuchga kirgan  yangi taqiqlar ortidan Turkiyaning eng katta 30 shahriga kirish va chiqishlar taqiqlandi. Shu bilan birgalikda 20 yoshdan kichiklarning ko‘chaga chiqishi va aholining bozorlarda niqobsiz yurishi ham taqiqlandi.

Erdo‘g‘an insonlar bir biridan 3 qadam bo‘lgan masofada turmaganlarga ham jazo tayinlanganligini qo‘shimcha qildi.

Ma’lumot uchun, Turkiyada jami 20 921 nafar inson koronavirusdan kasallandi. Ularning 425 nafari vafot etdi, 484 nafari esa sog‘ayib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, 11 mart kuni Turkiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat qayd etilgandi. 16 martdan boshlab mamlakatdagi barcha ta’lim dargohlari berkitilgan. Keyinchalik 65 yoshdan kattalarning ko‘chaga chiqishi ta’qiqlangan. Biroz vaqt o‘tib esa Turkiya barcha mamlakatlar bilan aviaqatnov to‘xtagan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан