Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Erim va qaynonamni sudrashgach, ularni qutqargani bordim. Homiladorligimni aytsam ham, sudrashdi va ko‘tarib avtobusga tiqishdi» – Oltinsoy voqealari
17.02.2020 11:52,  
2859

15 fevral, shanba kuni, ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimlari va aholi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgani haqidagi video tarqaldi. Videoda ta’kidlanishicha, aholi va IIB xodimlari o‘rtasidagi mojaro Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanidagi “Xalqobod” mahallasida sodir bo‘lgan. “Daryo” muxbiri voqea tafsilotlarini bilish maqsadida Oltinsoy tumanida bo‘ldi.

MAVZUGA DOIR: Oltinsoyda fuqarolar va IIB xodimlari o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqdi (video)

Ma’lum qilinishicha, tuman rahbarlari 2020 yil 8 fevral kuni noqonuniy uy-joy qurib olgan xonadon vakillari yoniga kelib, uyni bir kunda bo‘shatishlari lozimligini ta’kidlagan. Va 9 fevral kuni uy-joylari buzilishini ma’lum qilgan. Ammo uyni buzish harakatlari 14 fevral kuni boshlangan.

“14 fevral kuni 5 ta xonadonni buzish uchun juda ko‘p IIB xodimi keldi, — deydi qishloq ahli muxbir bilan suhbati davomida. — Xodimlarning barchasi ham formada emasdi. O‘sha kuni aholiga qo‘l ko‘targanlar orasida fuqaro kiyimidagilar ham bor edi. 3 nafar ayolning mazasi qochib qoldi. 1 kishini urib boshini yorishgani uchun Termiz shahridagi shifoxonada davolanyapti”.

“Meni 10 metr joygacha sudrab borishdi, — deydi 53 yoshli Fotima Mirzayeva. — Rosa urishgach, hushimdan ketganman. Odamlar himoya qilishgan. Qo‘llarim va oyoqlarim ishlamayapti. Kelinimni ham sudrashdi. Axir o‘sha xodimlarning onasi tengi ayol bo‘lsam, menga shunday qilishgani insofdanmi?”

MAVZUGA DOIR: IIV​ Oltinsoy voqeasida Rossiyada ishlab yurgan fuqaroni ham aybladi

Oltinsoyliklar Prezident farmoni bo‘lishiga qaramay kadastr hujjati berilmaganini aytmoqda

Fotima Mirzayevaning kelini Zargul Xolmurodova uni avtobusga majburlab chiqarishganini aytmoqda.

“Erim va qaynonamni sudrashgach, ularni qutqarish uchun men ham ularning yoniga bordim, — deydi Zargul Xolmurodova. — Meni ham sudrab ketishdi. Homilador ekanligimni aytishimga qaramasdan, ko‘tarib avtobusga tiqishdi. Avtobusda yosh bolalar ham bor ekan. Avtobus yurgach, yig‘lab ahvolimni tushuntirishga harakat qildim. Shunda yarim yo‘lga yetganda tashlab ketishdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан