Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eron harbiylari o‘z kemasini cho‘ktirib yubordi — Tasnim
11.05.2020 16:57,  
835

Eronning Jamaran harbiy-dengiz flot frigati mashqlar paytida o‘z kemasiga o‘q uzdi. Bu haqda mahalliy yarim rasmiy Tasnim axborot agentligi siyosiy bo‘limining direktori Mahdi Baxtiyoriy tvitter sahifasida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, fojia Ummon ko‘rfazida bo‘lgan. Kemaga qarshi raketa Konarak yordamchi kemasiga zarba bergan.

Hodisa oqibatida o‘nlab odamlar jarohat oldi, ulardan kamida ikkitasi vafot etdi. Ma’lum qilinishicha, Konarak voqea natijasida cho‘kib ketgan.

Hozircha ushbu ma’lumotlar Eron harbiy kuchlari tomonidan rasman tasdiqlangani yo‘q. 

Jamaran - Moudge sinfining yetakchi frigat bo‘lib, 2010 yilda ishga tushirilgan va Eron harbiy flotidagi eng zamonaviy lark kemalardan biri hisoblanadi. Xitoyda ishlab chiqarilgan kemaga qarshi raketalar, torpedalar va bir nechta avtomatlar bilan qurollangan. Ekipaji 140 kishidan iborat.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан