Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eron kosmik sun’iy yo‘ldoshi portlagani haqidagi xabarni inkor qildi
30.08.2019 19:52,  
14

Eron Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vaziri Javad Azari Jahromiy mamlakat sun’iy yo‘ldoshining muvaffaqiyatsiz parvozi haqidagi xabarlarni rad etdi.

“Kutilmaganda bizning orbitaga sun’iy yo‘ldoshni chiqarishdagi urinishlarimiz muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangani haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi. Aslida “Nahid 1” sun’iy yo‘ldoshi soz holatda va sinov maydonchasida turibdi”, - deya ma’lum qilgan Jahromiy Twitter'dagi sahifasida.

Vazir, shuningdek, jurnalistlarni bunga ishonch hosil qilishlari uchun poligonga tashrif buyurishni taklif qilgan.

Avvalroq Amerikaning NPR radiostansiyasi sun’iy yo‘ldoshlardan olingan suratlarga tayanib, Eron raketasi portlab ketgan bo‘lgan haqida xabar tarqatgandi. Ularning ta’kidlashishicha, raketa Eron shimolidagi Semnan viloyatida joylashgan kosmik markaz maydonchasida portlab ketib, muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан