Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eron-Turkmaniston chegarasida qolib ketgan o‘zbekistonlik haydovchilar bo‘yicha ma’lumot berildi
8.03.2020 18:26,  
850

Eronning Turkmaniston bilan chegarasidagi bojxona postida qolayotgan 11 nafar o‘zbekistonlik prezidentga videomurojaat bilan chiqishgan edi.

Videomurojaatda vatandoshlarimiz koronavirus tufayli chegaralarning yopilgani natijasida 23 fevraldan buyon «Lutfobod» postidagi terminalda qolib ketishganini aytishgan edi. 

7 mart kuni O‘zbekistonning Tehrondagi elchixonasi bu ma’lumotni tasdiqladi.

Ma’lum qilinishicha, Turkmaniston-Eron chegarasi yopilishi sababli jami 700ga yaqin haydovchi, shu jumladan 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi «Lutfobod» va «Saraxs» chegara nazorat-o‘tkazish punktlarida qolib ketgan.

«Elchixonaning konsullik bo‘limi 23 fevraldan buyon mazkur vatandoshlar bilan doimiy aloqada bo‘lib kelmoqda. Ular transport vositalarini bojxona postlarida qoldirib vatanga qaytishni rad etishdi.

O‘zbekistonning Tehron va Ashxabod shaharlaridagi elchixonalari vaziyatni nazoratga olgan hamda ushbu masalani hal qilish uchun Eron va Turkmanistonning tegishli organlari bilan doimiy muloqot olib bormoqda», – deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан