Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eronlik Xalk «dunyodagi eng qo‘rqinchli odam» bilan jang qiladi
11.01.2019 13:08,  
114

Britaniyalik Martin Ford va eronlik Sajad G‘aribiy bodibilder-gigantlar jangi 2019 yilda rejalashtirilgan, deb xabar qilmoqda Eron OAVlari.

Eronlik og‘ir atletikachi Sajad G‘aribiy 27 yoshda. U “Eronlik Xalk” nomi bilan mashhur. Sajad o‘z Instagram sahifasini yuritadi. Ayni damda uning sahifasini 400 mingdan ziyod kishi kuzatib boradi va bu ko‘rsatkich o‘sishda davom etmoqda. Xalkning bo‘yi 188 metr, vazni esa 174 kilogrammni tashkil etadi.

“Biz, eronliklar, boshlagan ishimizni oxiriga yetkazishga o‘rganganmiz. Meni MMAga taklif qilishgan ekan, buni rad qilolmayman. Shunday ekan, mening muayyan istaklarim va majburiyatlarim yuzaga keladi”, - dedi G‘aribiy.

Shuningdek, G‘aribiy rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedovga qoyil qolganini ta’kidladi. Uning Konor Makgregor ustidan qozongan g‘alabasini haqli deb hisoblaydi. Habib bilan oktagonda jang qilish orzu qiladi.

36 yoshli Martin Ford haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, u aktyor va bodibilder sifatida mashhur. Uning laqabi – “Dunyodagi eng qo‘rqinchli odam” Fordning bo‘yi 207 santimetr, vazni esa 150 kilogramm.

Har ikki og‘ir atletikachi uchun mazkur jang ilk jang bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан