Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ertaga Ayo Sofiya rasman masjid deb e’lon qilinishi mumkin
9.07.2020 19:09,  
1059

Turk jurnalistlari ikki kundan beri Turkiya Davlat Kengashining Ayo Sofiya muzeyining maqomi masalasida chiqaradigan ehtimoliy qarori haqida yozyapti. 

Kecha NTV Haber telekanalining jonli efiri vaqtida hukumatga eng yaqin gazeta – Sabah'da mualliflik ruknini olib boradigan Okan Mudarriso‘g‘li o‘zidagi ma’lumotga ko‘ra, "Davlat Kengashi Turkiya Vazirlar Mahkamasining 1934 yilda Ayo Sofiyani masjiddan muzeyga aylantirish to‘g‘risida chiqargan qarorini ko‘rib chiqqan va bir ovozdan buni noqonuniy deb topgani"ni aytdi. Ya’ni, agar bu ma’lumot to‘g‘ri bo‘lsa, Ayo Sofiyaning muzey maqomi bekor qilinib, u qaytadan masjidga aylantiriladi.  

Hürriyet gazetasining hukumatga yaqin tahlilchisi Abdulqodir Selvi ham bugun shunday deb yozib chiqdi. Uning yozishicha, Ayo Sofiya masjid bo‘ladi, bu haqdagi qaror 10 iyul, juma kuni e’lon qilinadi.

Avvalroq, Turkiya Davlat kengashi Ayo Sofiyaning maqomi masalasini ko‘rib chiqqan edi. Kengash rahbari tomonlarni eshitgan, ammo majlis 30 daqiqaga ham bormay yakunlangan. 

"Ayo Sofiyani masjidga aylantirish bo‘yicha murojaat"da himoya tomoni "Ayo Sofiya Fotih Sulton Mehmedning shaxsiy mulki bo‘lgani va uni vaqf qilib qoldirgani, Turkiya qonunlariga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi vaqf mulklarini tasarruf etishi mumkin emasligi; shunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 1934 yilda masjidni muzeyga aylantirish haqidagi qarori noqonuniy bo‘lgani"ni aytgan.

Davlat Kengashi prokurori esa "1934 yilda Ayo Sofiyani masjiddan muzeyga aylantirish haqida chiqarilgan qaror qonun doirasida qabul qilingani, shuning uchun bu ishni ko‘rib chiqishni rad etish kerakligi"ni ta’kidlagan edi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан