Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Etti yil avval universitet domlasini kaltaklagan sobiq hokimning o‘g‘li javobgarlikka tortilishi mumkin
27.12.2018 13:46,  
45

Namangan davlat muhandislik-texnologiya instituti sobiq dotsenti¸ falsafa fanlari nomzodi Sirojiddin Ashurovni bundan 7 yil oldin kaltaklagan talabalar javobgarlikka tortilishi mumkin.Bu haqda 69 yashar nafaqaxo‘r Ashurovning advokati ma’lum qildi.

Ashurovning o‘zi esa yetti yildan buyon bu ishga e’tibor bermay kelaëtgan huquq-tartibot organlari¸ portalga ëzganidan keyin tergov oldi surishtiruvi boshlashganini bildirdi.

Ashurovning advokatiga ko‘ra¸ “o‘qituvchini kaltaklagan studentlardan biri yuqori lavozimli amaldorning o‘g‘li bo‘lgani uchun mazkur voqea ortidan yetti yil mobaynida jinoyat ishi ochilmagan”

Xulosada Ashurovga o‘rta va yengil tarzdagi tan jarohati yetkazilgani ta’kidlanadi.

Namangan Davlat universiteti o‘qituvchisiga ko‘ra¸ “dotsent Ashurov qoniqarsiz baho qo‘ygan E.B¸ U.A. S.G‘ ismli 4 kurs talabalar uni kaltaklab ketishgan”

"Sirojiddin domla bu studentlarning sistemali dars qoldirgani va umuman savodsizligi uchun qoniqarsiz baho qo‘ygan edi. Studentlar va ularning "akaxon tankalari" ham domlaga ta’sir qilmadi. Alamzada studentlar kechqurun poylab o‘qituvchini urib ketishdi¸" dedi ismi sir qolishini so‘ragan o‘qituvchi.

“Kaltaklaganlar ichida o‘sha paytda viloyat hokimi o‘rinbosari, keyin viloyatdagi tuman hokimlaridan biri bo‘lgan hozirda ishsiz S.Aning student o‘g‘li ham bo‘lgan,” deya gapiga qo‘shimcha qildi u.

Materiallar va jabrlanuvchi iddaosiga ko‘ra¸ 2012 yilning 17 fevralida kechqurungi sakkiz yarimda institutdan chiqib uyiga yo‘l olgan o‘qituvchi kaltaklangan.

Sirojiddin Ashurov iddaosiga ko‘ra, uni orqadan kelib armatura bilan solishgan. U o‘shandan keyin bir hafta muolaja olgani va yetti yil davomida bezorilar jazolanishini talab qilib kelayotganini aytdi.

Namangan viloyat huquq tartibot organlarida mazkur ishni nazorat qilaëtgan mulozimning aytishicha, jinoyat ishi "asossiz ravishda to‘xtab qolgan".

Namangan viloyat huquq tartibot organlarida¸ mazkur ishni nazorat qilaëtgan mulozimning aytishicha¸ O‘zbekiston prezidenti virtual qabulxonasiga kelib tushgan ariza asosida Sirojiddin Ashurov ishi nazorat tartibida ko‘rib chiqilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан