Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Global iqlim o‘zgarishiga qarshi dunyo bo‘ylab namoyishlar bo‘lib o‘tdi
23.09.2019 01:01,  
392

Dunyoda global iqlim o‘zgarishiga qarshi yoshlardan iborat norozilik kayfiyatidagi namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

Oxirgi yillarda ayniqsa, 2016 yildan boshlab, dunyoda global iqlim o‘zgarishi hodisalari deyarli hamma yerda o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Yer sharining xar-bir kengligida kuzatuvlar tarixida o‘sha hudud uchun kuzatilmagan noodatiy g‘ayritabiiy hodisalar uchramoqda. Yer sharida iqlim o‘zgarmoqda... Bu to‘g‘rida juda ko‘p gaplar aytildi, BMT tomonidan dastur ham ishlab chiqildi. Ammo, iqlim o‘zgarishi tobora insonlarning hayot tarzidan tortib, hukumat iqtisodiy-ijtimoiy sohalarida ham noqulayliklarni yuzaga keltirishda davom etmoqda. Chora, uning oldini olish, moslashish masalalari esa qog‘ozlarda qolib ketavermoqda.

Dunyoda millionlab odamlar, ayniqsa yosh avlod iqlim o‘zgarishiga qarshi namoyishlarda ishtirok etmoqda.

Xabarda aytilishicha, namoyishchilar tomonidan, atrof-muhitni ifloslantirayotgan asosiy transmilliy korporatsiyalar ishi-faoliyatini zudlik bilan tartibga keltirish zarurligi dolzarb mavzu sifatida tanlangan.

Dunyoning turli mintaqalarida millionlab odamlar iqlim o‘zgarishiga zudlik bilan moslashish, uni to‘xtatish bo‘yicha namoyishlarda qatnashmoqdalar.

Nyu-Yorkdagi norozilik namoyishlarida yosh shved faoli Greta Tyunberg ham qatnashib, u butun dunyo yoshlari nomidan, davlat rahbarlari ularni tinglashini so‘rab nutq so‘zladi. 21 sentyabr kuni Nyu-York ko‘chalarida minglab yoshlar Xalqaro Hamjamiyatdan atrof-muhitni global iqlim isishi jarayonlaridan zudlik bilan muhofaza qilish sohasida siyosiy qadamlarni ildamroq tashlashlarini talab qilishdi. Ushbu qadamlar birinchi navbatda, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va barqaror kelajakni ta’minlashni o‘z ichiga olishi kerak. Shahar hokimi so‘zlariga ko‘ra, o‘sha kuni Nyu-Yorkko‘chalarida 60 mingga yaqin namoyishchi qatnashgan. Shved faoli Greta Tyunberg butun dunyo yoshlarini ushbu masalaga befarq bo‘lmasliklarini, kelajakda bu xavf o‘zlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini eslatib o‘tdi. U o‘z nutqida: "Dunyo yoshlari sizningcha, bizlarni eshitishadimi, biz ularni tinglashga majbur qilamizʼʼ shiorlarini olg‘a surmoqda. Nyu-York hukumati bir million o‘quvchiga ota-onasi ruxsati bilan darslarga qatnashmay, ushbu tadbirlarda qatnashishlariga ruxsat berdi. Undan tashqari shaharning osmono‘par binolarida 23-29 sentyabr kunlari iqlim masalalariga bag‘ishlangan hafta boshlanadi, hafta davomida BMT doirasida muhim uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Bu kabi namoyishlar dunyoning ko‘plab mintaqalarida ham davom etdi.

Salvadorda yuzlab namoyishchilar, atrof-muhit, flora(o‘simlik) va fauna(hayvonot) olamini iqlim o‘zgarishidan asrab qolinishini so‘rashdi.

Boliviyadagi namoyishchilar zudlik bilan iqlim o‘zgarishi tufayli yuzaga kelayotgan salbiy oqibatlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida "birinchidarajaliʼʼ hukumat qarori ishlab chiqilishini talab qilishdi.

Braziliyada hattoki, yosh bolachalar ham namoyishlarda qatnashib, iqlim o‘zgarishi tufayli yuzaga keluvchi sabablar sayyoramizning hozirgi ko‘rinishini o‘zgartirib yuborishidan xavotir bo‘lib ovozlar berishdi.

Chexiya Respublikasi Yevroittifoq davlatlari ichidagi atmosfera havosi ifloslanishi me’yoriy chegaralaridan oshib ketgan 9 davlatdan biri bo‘lgani uchun, poytaxt Pragada yoshlar "Kamroq egoizm(o‘zini o‘ylash), ko‘proq ekalogiyaʼʼ shiori ostida norozilik namoyishlarida qatnashishdi.

Xuddi shu atmosfera havosining ifloslangan darajasi yuqori bo‘lgan davlat Polshada ham namoyishlar bo‘lib, Varshava yoshlari smog(quyuq tutun) va qurg‘oqchilik oldini olish bo‘yicha norozilik namoyishlarida qatnashishdi. Ularning fikricha, iqlim o‘zgarishi nafaqat shaharlar, balki qishloqlarda ham qishloq aholisining qashshoqlashish darajasini oshishiga sabab bo‘layotganini bildirib o‘tishdi.

Minglab Gret Tyunberg tarafdorlari va ularning ota-onalari ham Norvegiya va Indoneziyadagi namoyishlarda ishtirok etishdi, Indoneziyadagi yoshlar hozirgi poytaxt Jakartani dengiz "yutibʼʼ yuborayotgani va uni boshqa joyga ko‘chirilishi sabablarini aynan hozirgi iqlim o‘zgarishi tufayli yuzaga kelmoqda degan fikrda norozilik namoyishlari uyushtirishdi.

Buyuk Britaniya yoshlari: "Vaqt yaqinlashmoqda, hozir yoki kelajak tamom!ʼʼ shiori ostida yirik namoyishlarda qatnashib, dunyoni bundan ogohlantirishdi!

Hindistonda "Xoziroq harakat qiling!ʼʼ shiori ostida ko‘pchilik yoshlardan iborat birlashgan namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

Taylandda yoshlar namoyish paytida iqlim o‘zgarishi tufayli, o‘zlarini ʼʼo‘likʼʼ holatdek ko‘rsatib, namoyishlarda qatnashishdi.

Yaponiyada yaponlar "iqlim inqilobi"ni qo‘llab-quvvatladilar. U yerda namoyishlar sokin amalga oshirilib, tirbandliklarni yuzaga keltirmadi.

Ammo, Shveysariyaning Lozzanno shahrida namoyishchi bir qiz o‘zini yuk mashinasi ostiga uloqtirdi. Natijada, uzundan-uzoq tirbandlik yuzaga keldi. Namoyishchilar bu hodisani terakt emas, balki, bu qizcha sayyorada iqlim o‘zgarishi tufayli, o‘z kelajagidan qo‘rqqani bilan izohlovchi yozuvlar bilan norozilik namoyish uyushtirishdi.

Fransiyaning Parij shahrida sayyoradagi atmosfera havosining ifloslanishiga sabab bo‘layotgan hamda jami karbonad angdridmiqdorining 71%ini ishlab chiqarayotgan dunyodagi 100 ta yirik transmilliy korporatsiya(kompaniya)larning faoliyatini tartibga solish masalalarini ko‘tarib chiquvchi norozilik namoyishlari uyushtirishdi.

Bizning O‘zbekiston, umuman O‘rta Osiyo davlatlarida ham hozirda iqlim o‘zgarishi tufayli qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni ifloslantiruvchi yo‘nalishlarida turli xil dolzarb muammolar yuzaga kelganki, bu kabi omillarni hukumat doirasida asosiy masala sifatida zudlik bilan ko‘rib chiqish vaqti kelganga o‘xshaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан