Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hojatxonasi yo‘q AYoQShlarga neft mahsulotlari va gaz yetkazib berish to‘xtatiladi
19.08.2020 16:19,  
140

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmatining xabar berishicha, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 martdan boshlab jamoat maqsadlariga mo‘ljallangan va kecha-kunduz ishlaydigan, sanitariya va shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan jihozlanmagan AGTKS, AGQS, AYoQS faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.

Shundan kelib chiqqan holda, AGTKS, AGQS va AYoQS hududida sanitariya va shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan jihozlanmaslik hamda Respublika va Hududiy ishchi guruh a’zolari tomonidan aniqlangan kamchiliklarning 2020 yilning 1 sentyabriga qadar bartaraf etilmasligi:

  • «O‘ztransgaz» AJ va «Hududgazta’minot» AJ hududiy bo‘linmalari tomonidan - AGTKSlarga gaz yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatish;
  • «O‘zbekneftgaz» AJ hududiy neft bazalari tomonidan - aniqlangan kamchiliklar to‘liq bartaraf etilmagunicha AYoQSlarga neft mahsulotlari yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatish;
  • yoki Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 18 sentyabrdagi «Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ishini takomillashtirish va respublika iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 397-sonli qarori talablariga muvofiq neft mahsulotlari yetkazib berish shartnomasini bekor qilish;
  • Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi tomonidan - litsenziya talablari va shartlari belgilangan tartibda bajarilmaganligi munosabati bilan AGTKS va AYoQSlar orqali siqilgan va suyultirilgan gazni sotish faoliyatini amalga oshirish litsenziyasining amal qilishini to‘xtatilishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан