Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hukumat davlat ulushi bo‘lgan banklar va sug‘urta kompaniyalarini sotishni rejalashtirmoqda
28.02.2020 16:35,  
215

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamalari portali regulation.gov.uz saytiga “Iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston prezidenti qarori loyihasi joylashtirildi.

Loyihada ta’kidlanishicha, davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh etish bo‘yicha Ishchi guruhlar davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini tanqidiy tahlil etgan hamda iqtisodiyotda ular ulushini keskin qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqqan.

Qaror loyihasiga muvofiq, quyidagi bank hamda sug‘urta kompaniyalaridagi davlat ulushi to‘liq xususiy sektorga sotiladi.

Bank yoki sug‘urta kompaniya nomi

Joylashgan hududi

Davlat ulushi miqdori (%)

"O‘zbekiston sanoat-qurilish bank" ATB               

Toshkent shahri

89,1

"Asaka" ATB 

Toshkent shahri           

95,9

"Qishloq qurilish bank" ATB       

Toshkent shahri           

96,5

AT "Aloqabank"

Toshkent shahri           

94,2

"Turonbank" ATB                

Toshkent shahri

97,6

"Asia Alliance Bank" ATB

Toshkent shahri

100,0

"Ipak yo‘li aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki"

Toshkent shahri

0,4

"Kafolat sug‘urta kompaniyasi"

Toshkent shahri

66,5

"Alskom" AJ

Toshkent shahri

10,4

"Tashkent Insurance Group"

Toshkent shahri

13,6

"Asia Alliance Bank" ATB 2009 yilda xususiy bank shaklida tashkil etilgan edi. 2018 yilda esa bank to‘liq davlat tasarrufiga o‘tkazilgan edi.

Mavzuga doir: Samarqand shahar hokimyati 8 ta bank filialini prokuraturaga “yozib berdi”

Mavzuga doir: Asia Alliance Bank yapon shirkatiga sotiladi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан