Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Insonparvarlik
5.10.2019 21:52,  
240

Rod-Aylend shtati markazi bo‘lgan Providens shahri sudi bosh sudyasi Frenk Keprioning ish uslubi ajoyib. Kuzatishimcha, u asosan ma’muriy ishlarni ko‘radi va imkon boricha javobgarlarga yengillik berish, ularga belgilangan jarimani kamaytirish yoki butunlay olib tashlashga harakat qiladi. Ya’ni, maqsad – javobgarni jazolash emas, tarbiyalash, keyingi safar huquqbuzarlik qilmaslikka o‘rgatish.

O‘zbekistondagi ko‘pchilik sudyalar Frenk Kepriodan o‘rnak olishi, qonun-qoidalarni qo‘llashni o‘rganishi kerak, deb o‘ylayman: arzimagan ishlar uchun otning kallasidek jarima solib tashlash yoki insonparvarlik yuzasidan yengillik berish o‘rtasida doimo tanlov bor. Masalan, kimdir qaysidir diniy ma’ruzani eshitgani, yoxud kechirib yuborsa bo‘ladigan yo‘l harakati qoidasini buzgani uchun uning "belini sindiradigan" jarima qo‘llamasa ham bo‘ladi (mashinaning orqa oynasiga tortilgan parda mojarosini eslang).

Yaqinda Namanganda bir ukamizning tanishini sud "Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks"ning 1842-moddasiga binoan 30 million so‘mdan ortiq jarimaga hukm qilibdi. Keyin biroz "marhamat" ko‘rsatib, eng kam ish haqining 20 baravariga – 4 460 000 so‘mga tushiribdi. Aybi: Internetda qo‘shni Qirg‘izistonda rasmiy imom bo‘lib ishlaydigan, hanafiy mazhabidagi (shu joyiga e’tibor bering, biznikilar zo‘r berib qoralaydigan "bemazhab" yoki "soxta salafiy" emas!) Abdulloh domlaning "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog‘iga yuklangan 2 ta videosiga "layk" bosgani. Yigit o‘zi 2 million so‘m atrofida oylik olar ekan, endi ikki oy "og‘zini tikib", yemay-ichmay yurishi kerak, shekilli.

Shu masalani ogohlantirish yoki eng kam jazo bilan yopish ham mumkin edi (Toshkentda shahar ma’muriy sudi ayni shunday bir ishga minimal jazo – eng kam ish haqining ikki baravarini bergan; har qanday qonunda yengillatuvchi holatlar bo‘ladi, sudya o‘shani topgandir-da).

Sudyalarga aql o‘rgatmoqchi emasman – qonunlarni, undagi og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni mendan yaxshi bilishadi, har holda. Shunchaki, insonparvarlikni ham unutmasalar yaxshi bo‘lardi.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан