Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jahondagi eng boy mamlakatlardan biri bankrotlik yoqasiga kelib qoldi
8.09.2020 14:10,  
1855

Jahondagi eng boy mamlakatlardan biri Kuvayt pandemiya davrida neft narxi tushishi tufayli bankrotlik yoqasiga kelib qoldi. 90 foizi uglevodorodlar savdosi orqali to‘ldiriladigan arab mamlakati g‘aznasida, hatto davlat xizmatchilari uchun oylik to‘lashga ham pul qolmadi, deyiladi RIA Novosti xabarida.

Mamlakatda 1 aprelda yakunlangan moliya yilida davlat byudjeti 68,6% defitsit ($18,44 mlrd) bilan yakunlandi. Kuvayt Milliy banki (mamlakatdagi bank regulyatori) hisob-kitoblariga ko‘ra, bu mamlakat Yalpi ichki mahsulotining qariyb 10 foiziga tengdir. Bungacha byudjet profitsiti YaIMning 4,8% iga teng bo‘lgan.

Milliy bankning bildirishicha, defitsit YaIMning 40% igacha yetishi mumkin. Bloomberg bu summani 46 milliard dollar, deb baholamoqda.

Mamlakat Moliya vazirligi rasmiy ravishda bir-ikki oy ichida u ijtimoiy majburiyatlarni bajara olmasligi haqida ogohlantirdi, chunki hukumat "pul tugayapti". Zaxira fondida atigi 6,54 milliard dollar bor, faqat joriy xarajatlar uchun oyiga 5,56 milliard talab qilinadi.

Biroq, nashrning ta’kidlashicha, gap Umumiy zaxira fondi haqida ketmoqda. Bunday fondlardan Kuvaytda yana bitta bor - Kelajak avlodlar yopiq jamg‘armasi, hajmi jihatidan dunyoda to‘rtinchi o‘rinda baholanadigan, miqdori $550 mlrd bo‘lgan fond. Mamlakatning neftdan keladigan yillik daromadining 10 foizi u yerga yo‘naltiriladi va chet el aktivlariga sarmoya kiritiladi.

Hozirda ushbu qoidadan voz kechishmoqchi. Bundan keyin yana $12 mlrd. bo‘ladi, biroq bu ham yetarli emas. Bundan tashqari, iqtisodiy islohotlarsiz, deydi Bloomberg, fond mablag‘lari atigi 15-20 yilga etadi.

Kuvayt Moliya vazirligi suveren jamg‘armadan pul olishning iloji yo‘q deb hisoblaydi: bu uzoq muddatli xavfsizlik yostig‘i, past foiz stavkalari, u sarmoyalar uchun daromad keltiradi va bundan tashqari, vaqtincha to‘ldirilmaydi. Hisobotda qarzdorlikni tezda hal qilishni taklif qilinadi.

Vazirlik tomonidan taklif qilingan qonun yevrobondlarni joylashtirish va ichki va tashqi bozorda 65 milliard dollargacha qarz olishga imkon beradi.

 Biroq, Kuvayt parlamenti qonun loyihasini rad etdi. "Dunyo bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda bo‘lgan Milliy farovonlik jamg‘armasiga ega bo‘lgan hukumat qarzdorlikka intilayotgani sharmandalik. Bu Vazirlar Mahkamasining muvaffaqiyatsizligidan dalolatdir", deyishdi qonun ijodkorlari.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Fors ko‘rfazi mamlakati yirik xarajatlar qilish bilan bog‘liq odatini vaqtida to‘g‘rilay olmadi va endi iqtisodiy hisob-kitob vaqti keldi.

2016 yilda Kuvaytning o‘sha paytdagi moliya vaziri Anas As-Solih iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va neftdan keyingi davrga tayyorgarlik ko‘rish kerakligi haqida ogohlantirgan edi. Biroq, "Petrodollarlarning cheksiz ko‘rinadigan oqimida o‘sganlar" tomonidan jiddiy qabul qilinmadi, deb yozadi Bloomberg.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан