Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jeenbekov bosh vazir nomzodini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi
14.10.2020 12:39,  
375

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov parlamentga Sadir Japarovni respublika Vazirlar Mahkamasi rahbari etib tayinlash masalasini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi.

Xabar qilinishicha, mamlakat rahbari parlamentning yangi saylangan spikeri Kanat Isayevga xat bilan murojaat qildi.

"Unda yozilishicha, bosh vazirlikka Sadir Japarov nomzodini taklif qilish, hukumatning yangi tarkibi va tuzilishini belgilash bo‘yicha Jogorku Kenesh qarori mavjud bo‘lgan qonun buzilishlari sababli prezident apparati tomonidan parlamentga qaytarib berilgandi. Davlat rahbari ushbu masalani belgilangan tartibda Jogorku Keneshning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqishni taklif qilmoqda”, - deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 5 oktyabr kuni Qirg‘izistonda 4 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalaridan rozi bo‘lmagan ommaning norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishchilar va xavfsizlik xizmati xodimlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlardan so‘ng muxolifat partiyalari tarafdorlari prezident ma’muriyati joylashgan parlament binosini egallab olishdi. To‘qnashuvlarda 1,2 mingdan ortiq odam jarohat oldi, bir kishi halok bo‘ldi. Bosh vazir Kubatbek Bo‘ronov iste’foga chiqdi. Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov janubga qochib ketdi, degan ham xabarlar chiqqan edi. Biroq, prezident matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, u doimo Bishkekda bo‘lgan va vaziyatni nazorat qilgan.

9 oktyabr kuni Bishkekda tartibsizliklar qayta boshlandi. Markaziy maydonda Bosh vazir Sadir Japarov tarafdorlari va muxoliflari o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi. Yetti kishi jarohat oldi, ular orasida oppozitsiya lideri Tilek To‘qtoaziyev ham bor.

10 oktabr kuni Qirg‘iziston parlamenti Bosh vazir lavozimiga Japarov nomzodini, vazirlar tarkibi va tarkibini ma’qulladi. Biroq, ushbu qarorni imzolashi kerak bo‘lgan prezident uni parlamentga qaytarib yubordi.

Eslatib o‘tamiz, namoyishlardan keyin Yevropa Ittifoqi va AQSh
Sooronbay Jeenbekovni Qirg‘izistonning qonuniy prezidenti deb tan olishini bildirdi.
Shuningdek, kecha Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev ham Tvitter orqali Jeenbekov legitimligini tan olishini ma’lum qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан