Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jizzaxda ikki fermer tabiatga 250 million so‘mlik zarar yetkazdi
9.05.2020 12:50,  
741

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida ikki nafar fermer o‘z xo‘jaligidagi bir necha yuz tup tutni noqonuniy kesgan.

Jizzax IIB xabariga ko‘ra, tumandagi “Zafarbek Javlonbek dalasi” fermer xo‘jaligi raisi, 1993 yilda tug‘ilgan F.M. “kasallandi” degan izoh bilan o‘z xo‘jaligidagi 402 tup tutni nobud qilgan.

Tuman ekologiya bo‘limi nobud qilingan daraxtlarning 260 tupi hech qanday kasallikka chalinmaganini bildirdi. Mutaxassislar o‘simlik dunyosiga 106 million 415 ming 600 so‘mlik zarar yetkazilganligini aytishdi. 

Tumandagi “Ruslan Nodirbek dalasi” fermer xo‘jaligi raisi, 1995 yilda tug‘ilgan R.Ya. ham 680 tup tutni noqonuniy kesgan. Ushbu daraxtlarning 416 tupi kasallanmaganligi aniqlandi. Fermer yetkazgan zarar miqdori 149 million 856 ming 600 so‘mni tashkil qilgan.

"Holatlar yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi", - deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан