Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSST koronavirus tufayli chekishni tashlashga chaqirdi
21.03.2020 14:06,  
532

Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Gebreyesus koronavirus pandemiyasi tarqalishi vaqtida spirti ichimliklar iste’moli va tamaki chekishni tashlashga chaqirdi. Bu haqda JSST raisi koronavirus pandemiyasiga bag‘ishlangan brifingda aytib o‘tgan.

Tedrosning so‘zlariga ko‘ra, sigaret chekish koronavirus kasalligining og‘ir formasiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, u sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishga ahamiyat berishga chaqirdi.

“Masalan, bir kunda 30 daqiqa davomida sport bilan shug‘ullanish mumkin. Agar uzoq vaqt davomida uyda o‘tirib ishlashga to‘g‘ri kelsa, har yarim soatda 3 daqiqalik tanaffuslar qilib turish kerak”, — deydi JSST boshlig‘i.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu tashkilotning o‘zi hamda O‘zbekiston SSV ham alkogol koronavirusga qarshi kurashmasligini ma’lum qilgan edi. Eronda esa, bir necha fuqaro koronavirusga chalinmaslik uchun alkogol ichib, zaharlanib vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан