Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi Azimjon Asqarovni ozod qilinishini talab qilmoqda(video)
25.02.2020 16:05,  
1008

Qirg‘iziston Oliy sudi 25 fevral kuni huquq himoyachisi Azimjon Asqarov ishini qayta ko‘rib chiqishni boshlaydi. U 2010 yildan beri ozodlikdan mahrum qilingan va ko‘plab inson huquqlari tashkilotlari uni "vijdon mahkumi" deb nomlashmoqda. Bu haqda KLOOP nashri xabar berdi.

Azimjon Asqarov kim?

Asqarov Qirg‘iziston janubidagi eng taniqli huquq himoyachilaridan biri hisoblanadi. U "Vozdux" ("Havo") inson huquqlarini himoya qilish tashkilotiga asos solgan va 15 yil davomida rahbarlik qilgan.

Asqarovning tashkiloti, o‘zining tug‘ilib o‘sgan Jalolobod viloyati Bozorqo‘rg‘on tumanida militsiya xodimlarining ishiga alohida e’tibor qaratgan.

Asqarov tekshirgan ishlardan biri eng mashhuri bu 2006 yilda sakkiz oy davomida noqonuniy ravishda hibsda bo‘lgan ayolning hikoyasidir. Politsiya xodimlari uni ko‘p marotaba zo‘rlashgan va ayol homilador bo‘lganida, uni abort qilish uchun kasalxonaga olib borishgan.

Asqarovning tergovi natijasida, ikkita politsiya xodimi ishdan bo‘shatilgan va to‘rt nafariga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Asqarovning yana bir surishtiruv ishida militsiya xodimlari qotillikni tan olishga majbur qilingan qirg‘iz ayol haqida edi. Asqarov o‘ldirilgan deb taxmin qilinayotgan ayolni qidirib topib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sud zaliga olib borgan. Ayblanuvchi sud zalidan ozod qilinib, Bozorqo‘rg‘on tumani prokurori ishdan olingan edi.

Asqarov faoliyati davomida "Inson insonga" mukofotiga, "Inson huquqlari va demokratiya uchun kurashda qo‘shgan hissasi uchun" nufuzli mukofot bilan taqdirlangan. 2012 yilda hibsda bo‘la turib, Asqarov "Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi"ning xalqaro matbuot erkinligi mukofoti laureati bo‘ldi.

Nima uchun u qamoqda?

Azimjon Asqarov 2010 yil iyun oyidagi Qirg‘iziston janubida qirg‘izlar va o‘zbeklar o‘rtasidagi etnik nizo paytida politsiya tomonidan hibsga olingan.

Tergov idorasi huquq himoyachisi Asqarovni Bozorqo‘rg‘on politsiya xodimi Miqtibek Sulaymonovni o‘ldirishda ayblagan. Unga shuningdek, mojaro paytida tartibsizliklarni uyushtirish va millatlararo adovatni qo‘zg‘ash ayblovlari qo‘yilgan.

Hibsga olingandan so‘ng Asqarov bir necha kun davomida qiynoqqa solingan. Advokatiga qiynoqlar haqida gapirgandan keyin unga advokatning kirish imkonini berishmagan.

Asqarovning etnik o‘zbek bo‘lganligi sababli, unga qarshi kampaniyada millatchilik kayfiyatlari paydo bo‘lib, birinchi va ikkinchi darajali sud jarayonlarida Asqarovni sud zalida noma’lum shaxslar kaltaklashiga olib keldi. Uning advokatlari ham doimiy tazyiqlarga uchradilar.

2010 yilda mamlakat janubidagi mojarodan keyin etnik o‘zbeklar eng qattiq jazolarga tortildi. Shularning qatorida Asqarov 2010 yil sentyabr oyida Bozorqo‘rg‘on tuman sudi uni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.

Qirg‘izistondagi va undan tashqaridagi huquq himoyachilari Asqarov ustidan ketayotgan sudni qattiq tanqid ostiga olishgan.

Xalqaro yuristlar komissiyasi, Asqarovning ishida 30 sahifadan iborat bo‘lgan hukmining matni, asosan militsionerlarning Asqarovga qarshi ko‘rsatmalari, Asqarovning xatti-harakatlari va tavsiflari berilgan, huquq himoyachisi Asqarovning bayonoti esa, bitta xatboshiga joylashtirilgan xolos, degan e’tirozli xulosaga keldi. 

Bundan tashqari, hukmda o‘sha payt mamlakat janubida yuzaga kelgan vaziyatlar hisobga olinmagan. Asqarovning so‘zlariga ko‘ra, sud guvohlarning ko‘rsatmalarini umuman qabul qilmadi, dalillarni tekshirmadi va huquq himoyachisi sudda o‘zini himoya qilish imkoniyatidan mahrum qilindi.

Xalqaro bosimlarga qaramay, 2010 yilda yuqori turuvchi instansiyalardagi sudlar Asqarovning umrbod qamoq jazosini o‘z kuchida qoldirdi.

Uning himoyasi uchun nimalar qilindi?

Xalqaro inson huquqlari hamjamiyati Oliy sud qarori ustidan shikoyat qilish mumkin bo‘lmasa ham butun dunyo bo‘ylab Asqarovni qo‘llab-quvvatlash uchun bir necha bor mitinglar o‘tkazgan, ammo bu yordam bermadi. 

Asqarovning advokatlari BMTning Inson huquqlari qo‘mitasiga apellyasiya berishdi, lekin BMT qo‘mitasida aksar hollarda bo‘lgani kabi, ushbu shikoyatni qabul qilish va ko‘rib chiqish jarayoni bir necha yil davom etdi.

2016 yildagina BMTning Inson huquqlari qo‘mitasi Asqarov qiynoqqa solinganini va huquq himoyachisiga qarshi sud adolatsiz bo‘lganini tan oldi. Qo‘mita qirg‘iz rasmiylaridan Asqarovga chiqarilgan hukmni bekor qilishni va uni zudlik bilan hibsdan ozod qilishni talab qildi.

Asqarovning ishi Chuy viloyat sudiga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan. 2016 yil sud majlisida ilk bor Asqarovning guvohlari sudda so‘zlashga imkoni bo‘ldi. Biroq, bu ham yordam bermadi va BMTning Inson huquqlari qo‘mitasi talablariga qaramay, Asqarov umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.

Huquq himoyachisining keyinchalik ochlik e’lon qilishlari va xalqaro harakatlarning yangi to‘lqini ham yordam bermadi.

Nega Asqarov ishi bo‘yicha yana sud davom etmoqda?

Asqarov Chuy viloyat sudining qaroriga qarshi BMT qo‘mitasi qarori bilan shikoyat qildi. Endi Oliy sud xalqaro tavsiyalarga rioya qilib Asqarovni ozod qilishi yoki uni umrbod qamoq jazosida qoldirish qarorini qabul qilishi kerak bo‘ladi.

Asqarovning advokatlari, bu jarayon huquq himoyachisiga chiqarilgan hukmni bekor qilish uchun rasmiylarga eng so‘nggi imkoniyat deb atashdi. Chunki himoya shikoyat qilish uchun barcha imkoniyatlarni tugatgan.

Sudda Asqarovni "Bir Dunyo-Qirg‘iziston" va "Ozodlik ovozi" huquq himoya tashkilotlari advokatlari himoya qiladilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан