Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantin tufayli O‘zbekistonda ajralishlar ko‘paydimi yoki kamaydimi?
25.04.2020 14:08,  
1687

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva quyidagilarni ma’lum qildi:

Yil boshidan 7 857 ta oilaviy ajralishlar ro‘yxatga olindi. 2020 yilda jami 49 811 ta nikoh va 7 857 ta ajralish qayd etilgan.

Ajrashishlarni qayd etilgan nikohga nisbati (koeffitsiyenti) – 15,8%. 2019 yilning mos davriga (8 019 ta) nisbatan 162 taga kamaygan.

Ajrimlar sababi:

  • oilaviy kelishmovchilik (50,5%),
  • farzandsizlik (16,3%),
  • uzoq vaqt birga oila bo‘lib yashamaslik (10%),
  • migratsiya (2,8%),
  • xiyonat (3,4%),
  • boshqa sabablar (17,0%).

Karantin davrida oilaviy kelishmovchiliklar ortib boryapti degan nuqtai nazar noto‘g‘ri. Aksincha, ushbu sinovli kunlar oilalar, mahallalarda noyoblashib qolgan mehr-oqibatni qaytardi, hamjihatlik, o‘zaro daxldorlik hissi ortdi.

MAVZUGA DOIR: Karantindan keyin Xitoyda ajrashishlar soni ortdi

Bu yilgi Ramazon esa sinovli kunlarga to‘g‘ri kelgani bilan 2 karra ahamiyati yuqori. Aminmizki – ushbu oyda oilalarimizni turli salbiy holatlar, o‘zaro kelishmovchiliklar tark etib, oilaviy ajrim yoqasida turgan oilalar ham yarashib, oilalarda va mahallalarda hamjihatlik, halovat muhiti qaror topadi, dedi Saodat Boymirzayeva.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан