Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kimlarni grippga qarshi emlash mumkin emas?
22.09.2020 09:41,  
632

Savol: COVID-19ga chalinib zotiljam bo‘lgan va tuzalganlarga grippga qarshi vaksina qilish mumkinmi? Qanday holatlarda emlash mumkinmas?

SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ushbu savolga javob berdi.

Javob: COVID-19 bilan kasallanib tuzalgan bemorlarga grippga qarshi vaksina qilish mumkin.

Grippga qarshi vaksina bir yillik vaksina bo‘lib, u har ili uchrashi mumkin bo‘lgan grippning shtammlariga qarshi ishlab chiqiladi. Shu bilan birga, bu vaksina bilan inson organizmi aynan grippning shu shtammlariga qarshi immunitet hosil qiladi. U koronavirus bilan kasallangan va tuzalgan bemorlarini kuz-qish mavsumida grippning keladigan shtammlaridan ma’lum darajada himoya qiladi yoki kasallikni yengil kechishini ta’minlab beradi.

Kimlarni emlash mumkin emas?

  • - Orttirilgan immun tanqis holatlar, ya’ni OITS kasalligini turli bosqichlarida;
  • - vaksina tarkibidagi adyuvanti, ya’ni vaksina ishlab chiqilgan asosiy vosita va qo‘shimchalariga nisbatan allergik holat;
  • - bolalarda miyaning organik qismida o‘zgarish keltirib chiqaruvchi nevrologik kasalliklarni zo‘rayib borishi davri.

Barcha somatik kasalliklar avj olish davrida tana haroratining 38° S dan yuqori ko‘tarilishi, diareya, ich ketish, qusish, tutqanoqlar, qon bosimini ko‘tarilishi yoki tushishi, kuchli og‘riq sindromida va hokazolar o‘tib ketganidan keyin shifokor ko‘ruvidan o‘tib sog‘lom deb tashxis qo‘yilganida, tibbiyot muassasasida shifokor-immunolog, pediatr yoki terapevt nazorati ostida emlanish kerak.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан