Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kontraktni naqd pul ko‘rinishda qanday amalga oshirish mumkin?
22.04.2020 16:13,  
324

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Markaziy bank Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsion siyosat departamenti direktori o‘rinbosari Akmal Nazarov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Talabaman, o‘qishim uchun kontraktning ikkinchi qismini to‘lashim kerak. Karantin tufayli bankka borish imkoni yo‘q, pulim ham naqd ko‘rinishda. Shunday vaziyatda kontrakt to‘lovini qanday amalga oshirish mumkin?

Javob: Barcha fuqarolar, jumladan, talabalar kontrakt to‘lovlarini quyidagi usullarda amalga oshirish imkoniyatiga ega:

Birinchidan, yashash manziliga yaqin bo‘lgan bank muassasalariga tashrif buyurgan holda chakana kliring tizimi orqali naqd yoki naqdsiz shaklda byudjet tashkilotlari (xususan, oliy ta’lim muassasalari) uchun ochilgan shaxsiy g‘azna hisob-varag‘i va boshqa rekvizitlarni taqdim etish orqali to‘lovni amalga oshirish mumkin.

Ikkinchidan, banklarning mobil ilovalaridan foydalanib, bank kartasi orqali byudjet to‘lovlari sifatida tegishli summani o‘tkazish imkoniyati mavjud.

Hozirgi pandemiya sharoitida banklar mijozlarning arizalarini masofadan turib, ya’ni veb-saytlari orqali qabul qilishmoqda va zarur identifikatsiyadan o‘tkazgan holda, bank kartalarini yetkazib berishmoqda.

Shundan so‘ng, bank kartasini cash-in funksiyasi mavjud bankomatlar orqali naqd pul bilan to‘ldirib, keyinchalik bank kartasini mobil ilovaga biriktirish natijasida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish mumkin. Cash-in funksiyasi mavjud bankomatlarning dislokatsiyasi haqidagi ma’lumot Markaziy bank rasmiy veb-saytida joylashtirilgan.

Bundan tashqari, talaba uyiga yaqin hududda joylashgan tijorat banki filialining “Call markazi”ga murojaat qilishi va ushbu murojaat asosida bank xodimlari uning uyiga kelib, barcha sanitariya talablariga qat’iy rioya etgan holda, kontrakt pulini oliy o‘quv yurti hisob-raqamiga o‘tkazib berish imkoniyati ham yaratilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан