Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Koronavirus uchun ulgurji ekspress test sotayotganlar»ga ishonsa bo‘ladimi?
21.07.2020 16:06,  
454

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Unda muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi:

Savol: O‘RVI alomatlari bo‘lgan bemorlarni test tahlili tayyor bo‘lguncha qanday davolash kerak?

Javob: Muolajani shifokor davolash standartlariga muvofiq alomatlardan kelib chiqib tayinlaydi. O‘zini-o‘zi davolash tavsiya etilmaydi.

Savol: Ijtimoiy tarmoqlarda «Ekspress testlarni ulgurji sotyapmiz, narxi 187 ming so‘m, sifati kafolatlangan, Germaniyada ishlab chiqarilgan» kabi e’lonlar tarqalmoqda. Bu kabi holatlarga nima deysiz?

Javob: Bu kabi testlarni tegishli tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislar qo‘yishi va aynan ularning o‘zi natijalarini o‘qishi kerak. Laboratoriya natijasini noto‘g‘ri talqin (interpretatsiya) qilish sizni jiddiy muammolarga yetaklashi mumkin.

Men ham ushbu ma’lumotni telefonda ko‘rdim va audioyozuvni eshitdim. Aynan o‘sha testlarni targ‘ib qilayotgan shaxsning, tibbiyot iboralarini (termin) to‘g‘ri talaffuz qila olmayotganligining o‘zi, bu kabi targ‘ibotchining orqasidan ergashmaslik kerakligi ko‘rsatib turibdi.

Ular kimlarningdir testini «shirpotreb» deyishyaptiyu, tibbiyotga umuman aloqasi bo‘lmagan soha vakili sifatida, o‘zlari targ‘ib qilayotgan ishlarining «shirpotreb», ya’ni yasama, yolg‘on, qo‘lbola ekanligi ko‘rsatib qo‘ymoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан