Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kuzda O‘zbekistonda bo‘ladigan Osiyo chempionati qaysi stadionlarda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi
13.08.2020 21:25,  
593

Futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari uchta shahardagi beshta stadionda o‘tkaziladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi (№365-f, 12.08.2020y) imzolandi. Hujjatga binoan, futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi (U-19) Osiyo chempionatining final bosqichi 2020 yil 14-31 oktyabr kunlari Toshkent, Namangan va Olmaliq shaharlardagi stadionlarda o‘tkaziladi. Bunda uchrashuvlar Toshkentdagi “Bunyodkor”, “Lokomotiv” va “Paxtakor”; Namangan shahridagi “Navbahor” hamda Olmaliq shahridagi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” o‘yingohlarida tashkillashtiriladi.

Musobaqani yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduxakimov boshchiligida tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlandi.

Xorijiy davlatlardan tashrif buyuradigan ishtirokchilarni kuzatib borish uchun chet tillarini mukammal biladigan ko‘ngilli talabalar jalb etiladi.

Turnirni tashkil etish va o‘tkazish uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mablag‘lari hisobidan 14 mlrd. 642 mln. so‘m ajratilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, U-19 Osiyo chempionatida jami 16 mamlakatning o‘smirlar terma jamoalari ishtirok etadi. O‘zbekiston “A” guruhida Eron, Indoneziya va Kamboja bilan kuch sinashadi.

Mazkur musobaqa o‘z navbatida 2021 yili Indoneziyada bo‘ladigan U-20 Jahon chempionatiga saralash turniri ham hisoblanadi. Unga ko‘ra, mezbon Indoneziyadan tashqari yana 4 ta Osiyo davlati O‘zbekistonda bo‘ladigan musobaqa yakunida ma’lum bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан