Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Maktablarda ta’til 15 martdan boshlanadimi? XTV izoh berdi 
6.03.2020 11:51,  
1618

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlar orqali maktablarda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli 15 mart kunidan boshlab ta’til e’lon qilinishi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Ko‘pchilik bu xabarlar rost yoki yolg‘on ekanligini so‘rashni boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Anvar Umarov mazkur tarqatilgan ma’lumot noto‘g‘riligini ma’lum qildi.

Rasman xabar berilishicha, o‘quvchilar o‘tgan yillarida bo‘lganidek, 21 mart kunidan navbatdagi ta’tilga chiqadi. Ta’til yetti kun davom etadi.

Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan doimo aloqada ekanligi ma’lum qildi.

MAVZUGA DOIR: O‘zbekistonda vaqtinchalik ommaviy tadbirlarni o‘tkazmaslikka va xorijliklar farzandlarini maktabga qabul qilmaslikka chaqirildi

Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi maktablarda koronavirus tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilgan. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasini oldini olish borasidagi tavsiyalarini posterlar shaklida chop etdi va ular maktablarga tarqatildi.

MAVZUGA DOIR: «Qani endi, ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha qarorlarni ham shunchalik jon kuydirib ijro etishsa»

Xalq ta’limi vazirligi zaruriyat tug‘ilganda vaziyat rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilib borishini aytib o‘tdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан