Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Malika»dagi soqol olish amaliyoti juda yomon va sharmandali ish edi. Buni qilganlar o‘shandayoq jazolangan – Baxtiyor Bobojonov
30.01.2020 20:37,  
8024

Avval xabar qilganimizdek, bugun 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida “Diniy e’tiqod erkinligining kafolatlari – ochiq fuqarolik jamiyatining muhim asosi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Suhbatda turli diniy konfessiya vakillari, IIV, TIV, Adliya vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, diplomatik korpus vakillari, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti mutaxassislari va OAV vakillari ishtirok etdi.

MAVZUGA DOIR: «Xudosiz terrorizm: Markaziy Osiyodagi radikallashuv va unga qarshi kurash modellarini qayta ko‘rib chiqish»

Davra suhbati yakunlangach, mas’ullar OAV vakillari tomonidan berilgan savollarga javob berdi. Sof.uz muxbiri AQSh elchixonasi xodimiga quyidagicha savol berdi:

“O‘zbekiston xalqaro hamjamiyat tarafidan diniy erkinliklar cheklangan davlatlar ro‘yxatida ekanligini qayd etdingiz. Lekin bugungi suhbatda faqat yaxshi tarafga o‘zgarishlar bo‘layotgani haqida gapirishdi. Sizningcha, bizda [Ўзбекистонда] diniy huquq-erkinlikliklarni cheklanishini nimalarda ko‘rishimiz mumkin?”

AQSh elchixonasi vakili savolga “bular diniy tashkilotlarni ro‘yxatga olish bilan bog‘liq” deya javob berdi. Muxbirning “faqat shu bilanmi” degan savoliga elchixona xodimi “yo‘q, yana boshqalar ham bor” deya javob berdi.

Shundan so‘ng Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i, islomshunos Baxtiyor Bobojonov muxbirga “siz nimaga shama qilayotganingizni tushunib turibman, [Малика] bozoridagi yigitlarni olib kirib, soqollarini majburiy olishganini nazarda tutayotgan bo‘lsangiz, bu juda yomon va sharmandali ish edi. Bu ishni qilganlar o‘shandayoq jazolangan, hammada ham xato va kamchiliklar bo‘ladi,” deya qo‘shimcha qildi.

MAVZUGA DOIR: Hujjat ko‘rsatmagan organ xodimlari blogerni soqolini olishga majburladi

MAVZUGA DOIR: The Diplomat xalqaro nashrida O‘zbekistondagi "soqolga qarshi reydlar" muhokama qilindi

Davra suhbatidan so‘ng Sof.uz muxbiri ushbu masalani IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosaridan ham tasdiqlatib oldi. IIV rasmiysi Malika bozorida yigitlarning soqolini majburiy olganlar jazolanganini tasdiqladi va endi IIV xodimlari tomonidan bunday noqonuniy hatti-xarakatlar qilinmasligini aytdi. Lekin, vakolatiga kirmagani uchun jazolanganlar kimlar ekanligini aytolmasligini ma’lum qildi.

MAVZUGA DOIR: Farg‘ona viloyati hokimi turk insvestorining soqolini olishni buyurdi, kimlar deputat bo‘lishini ochiqladi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан