Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy Bank muomaladagi pul massasi miqdorini ma’lum qildi
19.10.2019 10:39,  
910

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki mamlakatimizdagi pul-kredit statistikasini ma’lum qildi.

Unda muomaladagi pul massasi miqdori ham ko‘rsatib o‘tilgan.

2019 yilning 1 oktyabri sanasida mamlakatimimzda keng ma’nodagi pul massasi (M2) 95.2 trln. so‘mni tashkil etadi. Bundan 25 trln. so‘m muomaladagi naqd pullar (M0)ni tashkil qiladi.

Keng ma’nodagi pul massasi joriy yilning 1 oktyabrida o‘tgan yilgisiga nisbatan 13 trln. so‘mga oshgan. Muomaladagi naqd pul massasi ham mos ravishda o‘tgan yilning 1 oktyabriga nisbatan 3 trln. so‘mga oshgan.

Biroq, mamlakatimizdagi keng miqyosdagi pul massasi, shu jumladan naqd pul massasi ham o‘tgan oyga nisbatan kamaygan. Bunda M2 1.1 trln. so‘mga, M0 esa 500 mlrd. so‘mga kamaygan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан