Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy bank yana bir xalqaro tashkilot to‘liq a’zosiga aylandi
28.02.2020 18:15,  
110

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti Xalqaro moliyaviy ta’lim tarmog‘ining (IHTT/XMTT) to‘la huquqli a’zosiga aylandi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Tarmoqqa to‘liq a’zolik O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga nafaqat resurslardan foydalanish va ulardan yordam olish, balki Texnik Qo‘mita yig‘ilishlarida hamda moliyaviy ta’limni takomillashtirish va moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etish imkonini beradi”, — deyiladi Markaziy bank xabarida.

2008 yildan IHTT Xalqaro moliyaviy ta’lim tarmog‘i moliyaviy ta’lim sohasida standartlarni baholashni samarali amalga oshirish va monitoring qilish, aholining turli qatlamlarining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish, o‘quvchilarning ta’lim yutuqlarini baholashning xalqaro dasturini (PISA) ta’lim tizimini baholash monitoringi amaliyotiga joriy etish sohalarida siyosat olib boradi.

Malumot uchun. 120 dan ortiq a’zo mamlakatlardan tashkil topgan xalqaro tarmoq, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston Respublikasi kabi MDH davlatlarini ham o‘z ichiga oladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан