Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy bankning birgina xabaridan so‘ng Sberbank narxi $1,806 mlrdga qimmatladi
12.02.2020 09:39,  
732

Rossiyaning eng yirik davlat banklaridan biri Sberbankdagi Rossiya Markaziy banki ulushi bozor narxlarida Milliy farovonlik fondiga sotiladi.

Markaziy bankda Sberbankning 50%+1 aksiyasi mavjud [банк бошқаруви Марказий банкда – sof.uz].

Ushbu xabardan keyin Sberbankning oddiy aksiyalari qiymati birdaniga 2,03 %ga qimmatladi. Moskva birjasida bankning bir dona oddiy aksiyasi 257,74 rubldan sotilmoqda (17:48 TShV bo‘yicha).

Imtiyozli aksiya narxi esa 1,85 % ga oshdi va 236,09 rublga yetdi.

Sberbankdan Markaziy bank ulushining olib chiqib ketilishi manfaatlar to‘qnashuvining oldini oladi. Ham regulyator, ham ishtirokchi sifatida bitta bankning moliya bozorida ishtirok etishi boshqa banklar manfaatlariga putur yetkazadi.

2020 yilning 10 fevrali holatiga ko‘ra, Sberbank bozor bahosi $90.3 mlrdni tashkil qiladi.

Aksiyalarining o‘rtacha hisobda 2 %ga oshishi bank umumiy narxining $1,806 mlrdga qimmatlashiga olib keladi.

Mavzuga doir: Rossiyadagi bankomatlarda o‘zbekcha va tojikcha menyular paydo bo‘ldi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан